So‘nggi kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda foydalanuvchilarning telefon raqamlariga plastik kartalaridan pul yechib olingani borasida SMSlar kelayotgani keng muhokamalarga sabab bo‘lmoqda.
Xususan, baʼzi shaxslar “men Click operatoriman, kartangizda xatoliklar aniqlandi” kabi yolg‘on murojaatlarga aldanib, mablag‘laridan ayrilmoqda.
Taassufki, qayta-qayta ogohlantirilishiga qaramay, ko‘pchilik aldanib qolmoqda.
Shu o‘rinda quyidagi umumiy tavsiyalarga amalga qilishingiz maqsadga muvofiq.
* ️Har qanday holatda ham telefoningizga kelgan SMS kodni hech kimga bermang;
* yangi, notanish raqamdan kelgan SMS yo ijtimoiy tarmoqlarda yuborilgan havolalarga kirmang;
* telefon orqali shaxsiy maʼlumotlaringizni bermang.