Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A
Mobil talqin
1287, +998 78 140-00-88
Ishonch telefoni
+998 71 207-36-45
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Call center
1287,
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Aktsiyadorlarga tezkor bog'lanish
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00

“Faktoring afzalliklari va ishlash mexanizmlari” mavzusida o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi

Yangilangan sana: 20 Sentabr 2024, 17:55
“Faktoring afzalliklari va ishlash mexanizmlari” mavzusida o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi
20 Sen 2024

 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 12-avgustdagi “Faktoring xizmatlari bozorini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida “Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki tizimida faoliyat yuritayotgan xodimlarning bu borada bilim va ko‘nikmalarini oshirishga qaratilgan turli o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan.rt2 Bugun 20-sentabr kuni “Trastbank” XABda “Faktoring afzalliklari va ishlash mexanizmlari” mavzusida o‘quv seminari tashkil etildi. Unda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti “Bank hisobi va auditi kafedrasi” mudiri, professor Zafar Umarov ishtirok etib, mavzuga oid taqdimot qildi.rt3 Seminarda faktoringning afzalliklari va ishlash mexanizmlari, undan kimlar foydalanishi mumkinligi kabi mavzularda ma’lumotlar berildi. Xususan, ta’kidlanganidek, faktoring xizmati tadbirkorlar va kompaniyalarga o‘z mijozlariga kechiktirilgan to‘lov sharoitida mahsulot yoki xizmatlar taqdim etish imkonini beradi. Kompaniya mijozdan to‘lovni kutmasdan, faktor (bank yoki moliya tashkiloti) yordamida o‘z mablag‘larini tezroq oladi.rt4 Bu orqali kompaniya likvidligi yaxshilanadi va moliyaviy muammolarni yengillashtiradi. Ya’ni faktoring – bu pul oqimlarini barqarorlashtirish va biznesni rivojlantirish uchun samarali yechim hisoblanadi.

rt5
Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 174
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech