Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A
Mobil talqin
1287, +998 78 140-00-88
Ishonch telefoni
+998 71 207-36-45
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Call center
1287,
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Aktsiyadorlarga tezkor bog'lanish
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00

“Dolzarb 30 kun” yong‘in xavfsizligi oyligi doirasida seminar o‘tkazildi

Yangilangan sana: ...
“Dolzarb 30 kun” yong‘in xavfsizligi oyligi doirasida seminar o‘tkazildi
29 May 2025

Shu kunlarda mamlakatimizda “Dolzarb 30 kun” yong‘in xavfsizligi oyligi tadbirlari o‘tkazilib, ijtimoiy, iqtisodiy soha va qurilish obyektlari, bozorlar, savdo maskanlarida profilaktik tadbirlar hamda o‘quv mashqlari amalga oshirilmoqda.2 Ana shunday o‘quv seminarlaridan biri “Trastbank” xususiy aksiyadorlik bankida ham bo‘lib o‘tdi. Unda poytaxtimizning Shayxontohur tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi mutasaddilari tomonidan yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarning oldini olish va yongʻin xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha tushuntirish berildi.3 Bundan tashqari, yong‘inlar ro‘y berganda xodimlarni evakuatsiya qilish, birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish, yong‘inlarni bartaraf etish yuzasidan amaliy mashg‘ulotlar namoyish etildi.
 Shuningdek, ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan atroflicha javob olishdi.

Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 131
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech