Hurmatli mijozlar!
Bank xizmati ofisiga xizmat ko'rsatayotgan aloqa kabellarining sifat darajasini oshirish hamda avariya-tiklov ishlari olib borilayotganligi sababli, 2024-yil 7-oktabrdan 26-oktabrgacha "Darxon" bank xizmatlari ofisining telekommunikatsiya xizmatlarida (telefon va internet) qisqa uzilishlar kuzatilishi mumkin. Shu jihatdan, murojaatlaringizni 1287 raqamiga qo'ng'iroq qilib qoldirishingizni so'raymiz.
Yuzaga keladigan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.