Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A
Mobil talqin
1287, +998 78 140-00-88
Ishonch telefoni
+998 71 207-36-45
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Call center
1287,
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Aktsiyadorlarga tezkor bog'lanish
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00

Diqqat, e’lon!

Yangilangan sana: 29 Avgust 2023, 14:23
29 Avg 2023
Toshkent shahar, Navoiy ko‘chasi, 7 uy manzilida joylashgan “Trastbank” XAB aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi bo‘lib o‘tishini ma’lum qiladi:
                                                                                                                       

    Tashkiliy savollar: 

  1. Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi reglamentini tasdiqlash.
  2. Sanoq komissiyasi tarkibini tasdiqlash.

 

 “Trastbank XAB aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi kun tartibi

    2023-yil 22-sentabr soat 15:00           

  1. Foydani taqsimlash to‘g‘risida:
  • o‘tgan yillarning taqsimlanmagan foydasi;
  • 2023-yil 1 yarim yilligi yakunlari bo‘yicha olingan foyda (MHXS bo‘yicha foydalar va zararlar hamda boshqa umumiy daromadlar to‘g‘risidagi oraliq jamlanma hisobotga muvofiq).
  1. Umumiy zahira fondini shakllantirish to‘g‘risida.

“Trastbank” XAB aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi 2023-yil 22-sentabr kuni Toshkent shahri, Navoiy ko‘chasi, 7-uy manzili bo‘yicha “Trastbank” XAB binosining 5 qavatida o‘tkaziladi.

 Ro‘yxatga olish soat 14:00da boshlanadi, majlis boshlanish vaqti soat 15:00 da.

Aksiyadorlarning  navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi o‘tkazilishi to‘g‘risida xabar yuborish uchun aksiyadorlar reestri shakllantiriladigan sana - 2023-yil 28-avgust.

“Trastbank” XAB aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishida 2023-yil 18-sentabr holatiga shakllantirilgan “Trastbank” XAB aksiyadorlarining reestrida qayd etilgan aksiyadorlar ishtirok etish huquqiga ega bo‘ladi.

Bank aksiyadorlari, navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishga taqdim etilishi lozim bo‘lgan hujjatlar bilan quyidagi manzilda tanishishlari mumkin: Toshkent shahri, Navoiy ko‘chasi, 7-uy.

Bank aksiyadorlari o‘zi bilan pasport, aksiyadorlar vakillari esa pasport va Bank aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishida qatnashish huquqini beruvchi, amaldagi qonunchilikda belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnoma bilan qatnashishlari talab etiladi. 

 Qo‘shimcha ma’lumotlarni quyidagi telefonlar orqali olishingiz mumkin:

       (78)140-00-88, (71) 207-62-12.

  www.trusbank.uz E-mail: info@trustbank.uz

    

                                                                                                                                                                                                 Bank Kuzatuv Kengashi

Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 264
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech