9-may - Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan yurtdoshlarimizga va yurtimiz mehmonlariga bank xizmatlaridan foydalanishda qulaylik yaratish maqsadida 2025-yil 9-11-may kunlari soat 09:00 dan 16:00 ga qadar “Trastbank” XAB Amaliyot boshqarmasi va bank xizmatlari ofislari qoshidagi Valyuta ayirboshlash shoxobchalari ish faoliyatida bo‘lishini maʼlum qilamiz.
Bundan tashqari, “Trastpay” mobil ilovasi orqali onlayn bank xizmatlaridan, shuningdek, 24/7 rejimida ishlaydigan bankomatlarimizdan ham foydalanishingiz mumkin.
Quyida ish faoliyatida bo‘ladigan VASH jadvali ilova qilinadi.
Aloqa markazi: 1287