"Trastbank" XAB "Jizzax" va "Farg'ona" bank xizmatlari ofisi mas'ullari tomonidan Jizzax shahridagi 22-sonli va Farg'ona shahridagi 40- umumta'lim maktabining 7-11-sinf o‘quvchilari uchun ochiq dars tashkil qilindi. Dars davomida bank xodimlari o‘quvchilarga moliyaviy savodxonlik, jamg‘arishning ahamiyati, jamg‘arishning turli usullari va bank xizmatlarining afzalliklari haqida ma’lumot berdilar. Shuningdek, pulni qanday to‘g‘ri tejash, uni qanday samarali sarflash va nima uchun jamg‘arish muhimligi haqida o'quvchilar tomonidan berilgan savollarga batafsil javob berildi.
Manba:
ko'rsatilmagan
/
Ko'rishlar:
150