Joriy yilning 15-may kuni “Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki Bektemir filialida O‘zbekiston Respublikasi Tovar-xom ashyo birjasi Toshkent viloyati filiali brokerlari, Birja savdosi sotuvchilari va xaridorlari uchun Trastbank tomonidan yaratilgan bank mahsulotlari va xizmatlari bo‘yicha maʼlumot berish maqsadida seminar o‘tkazildi.
Unda “Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki hamda O‘zbekiston Respublikasi Tovar-xom ashyo birjasi Bosh ofislarining rahbar xodimlari, filial mutasaddilari, birja savdosi ishtirokchilari bo‘lgan korxona va tashkilotlar hamda brokerlar ishtirok etdi.
Seminarda Birja savdolari ishtirokchilari uchun ishlab chiqilgan milliy va xorijiy valyutadagi “UzEx” taʼrif rejalari, tadbirkorlarning birja savdolarining aylanma kapitali uchun kreditlar, avtokredit hamda chakana kredit mahsulotlari bo‘yicha batafsil maʼlumotlar taqdim etildi. Qolaversa, korxona va tashkilotlarning Birja savdolari bo‘yicha amalga oshiriladigan hisob-kitob operatsiyalari operativligi va qulaylikligini oshirish bo‘yicha ishlab chiqilgan yangi xizmatlardan foydalanish qoidalari tushuntirildi.
Bundan tashqari, seminar ishtirokchilari tomonidan berilgan savollarga “Trastbank” masʼullari tomonidan atroflicha javob berildi. Shuningdek, Birja savdolari ishtirokchilari tomonidan bank bilan hamkorlikni yana-da samarali tashkil etish bo‘yicha bir qator takliflar bildirildi.

