Bank tizimi aktivlari tarkibida xususiy sektor ulushining o‘zgarishlari, bank sohasidagi islohotlar va transformatsiya jarayonlari samaradorligini baholab borish uchun o‘tkaziladigan ushbu tadqiqot natijalariga koʻra, “Trastbank” umumiy reytingda 2020-yil 4-chorakdagi o‘rnidan 2 pog‘ona ko‘tarilib, 2-o‘rinni egalladi, deya xabar bermoqda “Review.uz”.
Taʼkidlash joizki, “Trastbank” umumiy reytingda “Азия Алянс банк”, “Ориент Финанс банк”, “Алоқа банк”, “Ҳамкор банк” singari yirik banklarni ortda qoldirdi.
Indeks Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi tomonidan mamlakatning 31 tijorat banki uchun ishlab chiqilgan va har chorakda “xususiy sektorning bank aktivlaridagi ulushini, shuningdek, bank sohasidagi islohotlar va transformatsiya jarayonlarining samaradorligini muntazam ravishda baholash maqsadida” yangilanadi.
Banklarning indeks koʻrsatkichlarini hisoblashda quyidagi yoʻnalishlar hisobga olingan:
-moliyaviy vositachilik;
-moliyaviy imkoniyat;
-kapitalning yetarliligi;
-aktivlar sifati;
-boshqaruv samaradorligi;
-rentabellik;
-likvidlik.
Markaz taqdim qilgan maʼlumotlarga koʻra, 2021 yilning 1 yanvar holatiga koʻra, 14000 nafar jismoniy shaxs masofadan turib banklar xizmatlaridan foydalanishgan.