Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A
Mobil talqin
1287, +998 78 140-00-88
Ishonch telefoni
+998 71 207-36-45
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Call center
1287,
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Aktsiyadorlarga tezkor bog'lanish
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00

“Bank xodimlari uchun sanksiyaviy komplaens” mavzusida seminar-trening o‘tkazildi

Yangilangan sana: 9 Yanvar 2023, 15:51
“Bank xodimlari uchun sanksiyaviy komplaens” mavzusida seminar-trening o‘tkazildi
9 Yan 2023

2023-yil 9-yanvar kuni “Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki bosh ofisida Komplaens nazorat departamenti tomonidan “Bank xodimlari uchun sanksiyaviy komplaens” mavzusida seminar-trening o‘tkazildi.

3.jpg

Unda moliya muassasasi rahbariyati, dunyodagi eng yirik professional xizmatlar ko‘rsatuvchi tarmoqlardan biri hisoblangan KPMG auditorlik va konsalting kompaniyasi mutasaddilari, Bank bosh ofisi xodimlari hamda videokonferensaloqa tarzida filiallarda faoliyat yuritayotgan xodimlar ishtirok etdi.

4.jpg

Ta’kidlash joizki, KPMG — professional xizmatlarni taqdim etuvchi dunyoning eng yirik tarmoqlaridan biri hisoblanadi. Mazkur tuzilmaning xalqaro shtab-kvartirasi Buyuk Britaniyada joylashgan.

2.jpg

Seminarda “komplaens” tushunchasi, ushbu tizimni joriy etishning ahamiyati va afzalliklari to‘g‘risida so‘z yuritildi. Qolaversa, uning funksiyalari va bu borada xalqaro tajriba hamda mamlakatimizdagi mavjud qonunchilik haqida tushunchalar berildi.

5.jpg

Shuningdek, O‘zbekiston bank sektoridagi kuzatilishi mumkin bo‘lgan sanksiya xatarlari, xizmatga qabul qilishda kontragentlarni tekshirish kabi masalalarga ham urg‘u berildi.

Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 413
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech