Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A
Mobil talqin
1287, +998 78 140-00-88
Ishonch telefoni
+998 71 207-36-45
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Call center
1287,
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Aktsiyadorlarga tezkor bog'lanish
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00

“Bank operatsion tavakkalchiligining oldini olishda risk-koordinatorlarining o‘rni” mavzusida seminar o‘tkazildi

Yangilangan sana: ...
“Bank operatsion tavakkalchiligining oldini olishda risk-koordinatorlarining o‘rni” mavzusida seminar o‘tkazildi
21 Yan 2025

 “Trastbank” xususiy aksiyadorlik bankida Bank tavakkalchiliklarini boshqarish departamenti tomonidan “Bank operatsion tavakkalchiligining oldini olishda risk-koordinatorlarining o‘rni” mavzusida seminar o‘tkazildi. Unda moliya muassasasi Bosh ofisi barcha tarkibiy tuzilmalari va bank xizmatlari ofislari operatsion xizmatining mas’ul xodimlari ishtirok etdi.a2 Ta’kidlanganidek, bugungi kunda operatsion tavakkalchikning oldini olishda risk-koordinatorlarning o‘rni muhim ahamiyatga ega. Bu nafaqat bank faoliyatining barqarorligini ta’minlaydi, balki xizmat sifatini ham oshiradi. Shunday ekan, sohaga doir ma’lumotlarni bank xodimlariga tushuntirish va ularni amaliyotga tatbiq etish dolzarb vazifalardan sanaladi.a3 Seminarda bank sohasida operatsion tavakkalchiliklarni samarali boshqarishni ta’minlash, risk-koordinatorlarning o‘rni, mavjud amaliyotlarni normativ-huquqiy asoslar bilan bog‘lash kabi masalalar bo‘yicha ma’ruzalar qilindi. Shuningdek, kredit, operatsion, likvidlik va bozor tavakkalchiliklari kabi muhim yo‘nalishlar borasida tushunchalar berildi.a4

Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 123
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech