Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A
Mobil talqin
1287, +998 78 140-00-88
Ishonch telefoni
+998 71 207-36-45
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Call center
1287,
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Aktsiyadorlarga tezkor bog'lanish
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00

Bank mijozlari uchun oʻquv-seminar

Yangilangan sana: 30 Aprel 2021, 17:27
Bank mijozlari uchun oʻquv-seminar
29 Apr 2021
Joriy yilning 29-aprel kuni “Trastbank” xususiy aksiyadorlik bankida Xususiy tarmoqni rivojlantirish boʻyicha Islom korporatsiyasi bilan hamkorlikda Bankning korporativ mijozlari uchun “Islom moliyasiga kirish” mavzusida oʻquv seminar boʻlib oʻtdi.
Seminarda maʼruzachi sifatida Xususiy tarmoqni rivojlantirish boʻyicha Islom korporatsiyasi yetakchi mutaxassisi Muzaffar Nizomiddinov qatnashuvchilarga Islom moliyasining tamoyillari, tarixi hamda Islomiy moliyaviy xizmatlar industriyasi, Islomiy bank va Islomiy darcha tushunchalari, ularga qoʻyiladigan talablar va qoʻllaniladigan shartnomalar toʻgʻrisida maʼlumotlar bilan oʻrtoqlashdi.
Islom moliyasi shariat talablari doirasida faoliyat yuritadigan moliya tizimidir. Ushbu tizim bizga inson hayotining barcha jabhalari, xususan, iqtisodiy hayotni tartibga solish va muammolarni yechish ilmini oʻrgatadi, — dedi Xususiy tarmoqni rivojlantirish boʻyicha Islom korporatsiyasi yetakchi mutaxassisi Muzaffar Nizomiddinov. — Oʻz navbatida, islom moliyasining oʻz talablari bor. Bular ribo (foiz), maysir (qimor) hamda gʻarar (tavakkalchilik)ning taqiqlanishidir. 
собрание2.jpgAmaliy misollar bilan oʻtkazilgan ushbu seminar qatnashuvchilarda islomiy moliyalashtirish boʻyicha kerakli maʼlumotlarni, ushbu tizimni mamlakatimizda bosqichma-bosqich tatbiq etishning hozirgi kundagi shart-sharoitlari va shartnomalarning ishlash prinsiplari bilan toʻliq tanishish imkoniyatini yaratdi.
Trening davomida mijozlar Islom moliyasi boʻyicha oʻzlarining barcha qiziqtirgan savollariga toʻliq javoblar oldilar.

Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 774
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech