«Ahbor-Reyting» reyting agentligi 2020-yilning reyting natijalariga ko'ra «Trastbank» Xususiy aksiyadorlik bankining kredit reytingini milliy shkalada «uzA+» darajasigacha «Ijobiy» prognoz bilan yangiladi.
Ushbu «uzA+» reytingi bankning kreditorlar, omonatchilar va investorlar oldidagi moliyaviy majburiyatlarini o'z vaqtida va to'liq bajarishi uchun yuqori salohiyatga ega bo'lgan kredit qobiliyatining juda yuqori darajasini bildiradi.
«Trastbank» XABga berilgan reyting bankning bozordagi tijorat tarmog'ini kengaytirish shartlari holatida, yuqori obro'si va taniqli brendini, tavakkalchilik menejmentining yaxshi darajasini, muvozanatli likvid holati va barqaror kapitallashuvini, shuningdek Bankning moliyaviy natijalarining barqaror o'sib borayotganini aks ettiradi.