Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A
Mobil talqin
1287, +998 78 140-00-88
Ishonch telefoni
+998 71 207-36-45
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Call center
1287,
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Aktsiyadorlarga tezkor bog'lanish
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00

“Alisher Navoiy va Bobur me’rosi – beqiyos ma’naviy xazina” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi

Yangilangan sana: 7 Fevral 2025, 16:54
“Alisher Navoiy va Bobur me’rosi – beqiyos ma’naviy xazina” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi
7 Fev 2025

 Shu kunlarda oʻzbek sheʼriyati gulshanining ikki buyuk ustuni, xususan, shoir va mutafakkir, gʻazal mulkining sultoni Nizomiddin Mir Alisher Navoiy tavalludining 584 yilligi hamda shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Boburning 542 yillik tavallud ayyomi keng nishonlanmoqda.

photo_2025-02-06_20-35-58.jpg

  “Trastbank” xususiy aksiyadorlik bankida ham “Alisher Navoiy va Bobur me’rosi – beqiyos ma’naviy xazina” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Xotin-qizlar jamoatchilik Kengashi aʼzosi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi eksperti, “Maʼrifat” targ‘ibotchilar jamiyati aʼzosi, professor Jamila Shermuxamedova, “Muqimiy” nomidagi O‘zbekiston davlat musiqali teatri aktyorlari hamda moliya muassasasi xodimlari ishtirok etdi.

photo_2025-02-06_20-39-08.jpg

 Tadbirda qayd etilganidek, Alisher Navoiy mamlakat hayotining ijtimoiy-iqtisodiy takomillashishiga munosib hissa qoʻshgan. Xususan, ilm-fan, sanʼat rivojiga homiylik qilib, tinchlik va totuvlik hukm surishiga harakat qilgan. Ana jihatlar uning ijodida ham yuksak o‘rinda bo‘lganligini ko‘rish mumkin. Ya’ni “Xamsa” asaridagi “Farhod va Shirin” dostoni mehnatsevarlik, halollik kabi fazilatlardan so‘zlasa, “Saddi Iskandariy” dostonida esa jamiyatda adolatli boylik taqsimoti va iqtisodiy barqarorlik g‘oyalari ilgari surilgan.

photo_2025-02-06_20-34-55.jpg

  Zahiriddin Muhammad Bobur turli shaharlar va qishloqlarning siyosiy tarixi, ilm-fani, madaniyati, urf-odatlari bilan birga, ularning tabiati, geografik o‘rni, tili va madaniyati hamda savdo-sotiq ishlari bilan ham astoydil qiziqqan. Bularning barini uning qomusiy asari – “Boburnoma”da uchratish mumkin. Qolaversa, Bobur o‘z ijodida iqtisodiyotga, soliq va soliq siyosati masalalariga alohida e’tibor qaratgan.  Uning “Mubayyin” asari bunga misoldir.

photo_2025-02-06_20-38-49.jpg

  photo_2025-02-06_20-39-28.jpg

Tadbirda Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Boburning o‘zbek tili va adabiyoti rivojiga qo‘shgan beqiyos hissasi xususida so‘z yuritildi. Qolaversa, Bankda faoliyat yuritayotgan yoshlar Navoiy hamda Bobur ijodidan g‘azal va ruboiylar hamda hikmatli so‘zlar aytib, buyuk mutaffakirlarning ijodiga befarq emasliklarini yana bir karra namoyon etishdi.

photo_2025-02-06_20-35-16.jpg

 Shuningdek, tadbirda “Muqimiy” nomidagi O‘zbekiston davlat musiqali teatri aktyorlari tomonidan namoyish etilgan sahna ko‘rinishlari yig‘ilganlarga o‘zgacha taassurot qoldirdi.

photo_2025-02-06_20-34-23.jpg

Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 368
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech