Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A
Mobil talqin
(+998 78) 140-00-88
Ishonch telefoni
(+998 71) 244-25-73
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Call center
(+998 78) 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Aktsiyadorlarga tezkor bog'lanish
(+998 78) 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Saytga kirish

Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Yangilangan sana: 26 Noyabr 2021, 18:41
Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
26 Nov 2021

Bugun, 26-noyabr kuni “Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Uni “Trastbank” XAB kuzatuv Kengashi Raisi Tohir Sharipov olib bordi.

Мальчик.jpg

         Yig‘ilishda kun tartibiga kiritilgan qator masalalar ko‘rib chiqildi. Otgan yillardagi taqsimlanmagan foydani taqsimlash, umumiy zaxira fondini shakllantirish to‘g‘risidagi masalalar shular jumlasidandir.  

Bundan tashqari, “Standart” deb tasniflangan aktivlar bo‘yicha ehtimoliy yo‘qotishlarni qoplash uchun zaxiralarni shakllantirish, Bank kuzatuv Kengashi aʼzolarini saylash to‘g‘risidagi masalalar diqqat markazida bo‘ldi.  

IMG_2635.JPG

         Yig‘ilish ishtirokchilariga Bank tomonidan joriy yilning o‘tgan davri mobaynida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan batafsil axborot berildi. Qolaversa, aksiyadorlar kun tartibidan o‘rin olgan masalalar borasida atroflicha fikr yuritib, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob olishdi.

IMG_2646.JPG

Shuningdek, kun tartibidagi masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.

Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 196
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech