Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A
Mobil talqin
1287, +998 78 140-00-88
Ishonch telefoni
+998 71 207-36-45
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Call center
1287,
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Aktsiyadorlarga tezkor bog'lanish
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00

Aholi “mahalla bankir”lariga nafaqat qiziqish, balki ishonch ham bildirmoqda

Yangilangan sana: 27 Fevral 2025, 19:19
Aholi “mahalla bankir”lariga nafaqat qiziqish, balki ishonch ham bildirmoqda
27 Fev 2025

 Avval xabar berilganidek, “Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki tomonidan hududlarda “mahalla bankiri” va “yordamchi-agent”lar faoliyati tashkil etilib, mahallalarda aholining tadbirkorlik qobiliyati hamda biznes imkoniyatlari  o‘rganilmoqda. Qolaversa, qator istibolli loyihalar ro‘yobga chiqarilmoqda. Eng muhimi, ishsiz fuqarolarning bandligi taʼminlanib, kichik biznes bilan shug‘ullanuvchilarning soni ortib bormoqda.

photo_2025-02-26_17-43-39.jpg

 Bu saʼy-harakatlar Toshkent shahridagi “Al-Xorazmiy”, “Ahmad Yugnakiy”, “Azamat”, “Bekto‘pi”, “Bo‘ston”, “Gulobod”, “Iyk ota”, “Kamolon darvoza”, “Majnuntol”, “Taxtapul” MFYda ham jadal amalga oshirilmoqda. Ushbu mahallalarda joriy yilning yanvar-fevral oylarida jami 1 mlrd 30 mln so‘mlik 74 ta mikroloyiha ishga tushirildi. Buning natijasida esa 156 ta yangi ish o‘rni yaratildi.

photo_2025-02-26_18-31-54.jpg

 “Mahalla bankiri” va ularning “yordamchi-agentlari”ning ish samaradorligini oshirish hamda mavjud platformalardan samarali foydalanishini taʼminlash maqsadida ular “planshetlar”, metodik qo‘llanmalar bilan taʼminlandi. Shuningdek, malakasini oshirish bo‘yicha tizimli ravishda o‘quv seminarlari o‘tkazilmoqda.  

photo_2025-02-26_17-41-52.jpg

Muxtasar aytganda, bugungi kunda har bir mahalla ahli ushbu yangi tizimga nafaqat qiziqish, balki ishonch ham bildirmoqda. Bu o‘z navbatida hududda yangi tadbirkorlar, yangi zamonaviy ishlab chiqarish korxonalari tashkil etilishiga zamin yaratmoqda.

Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 137
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech