“Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki o‘zining 30 yillik faoliyati davomida milliy va xalqaro reytinglarda nufuzli o‘rinlarni egallab kelmoqda. Jumladan, 2024-yil iyun oyida Ahbor-Reyting” reyting agentligi “Trastbank”ning milliy shkala bo‘yicha kredit reytingini “uzA+” darajasida va “Ijobiy” prognozi bilan tasdiqladi. Bu esa bankning bozordagi asosiy ko‘rsatkichlari o‘sib borayotgani, aktivlarning yuqori sifati, moliyaviy ko‘rsatkichlarning yaxshilanganligi, bozordagi o‘rinlarning mustahkamlanganligini, qolaversa, kapitallashuv va rentabellikning o‘sib borayotganini aks ettiradi.Shuningdek, “uzA+” reytingi bankning kreditga layoqatlilik darajasini “Juda yuqori” deb eʼtirof etganligi bankning kreditorlar, depozitorlar va investorlar oldidagi moliyaviy majburiyatlarini o‘z vaqtida va to‘liq bajara olish bo‘yicha eng ishonchli va moliyaviy barqaror bank ekanligini anglatadi.
Bunday e’tiroflar va yuqori natijalarga intilish Bankning kelgusi istiqbol rejalariga ham kiritilgan bo‘lib, bu borada barcha sa’y-harakatlar amalga oshirilmoqda.