Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
30 yanvar 2020 y. - 24 fevral 2020 y.

Toshkent shaxar, Navoiy ko‘chasi, 7 uyda joylashgan XAB “Trastbank” aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi bo‘lib o‘tishini ma’lum qiladi.

Tashkiliy savollar:

1. Aksiyadorlar navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi reglamentini tasdiqlash.

2. Hisob komissiyasi tarkibini tasdiqlash.

«Trastbank» XAB aksiyadorlari navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi kun tartibi

2020 yil 24 fevral soat 15: 00 min.

1. Aksiyalarning 24 qo‘shimcha chiqarilish yakunlari va Bank Ustav kapitalining yangi miqdorini tasdiqlash.

2. E’lon qilingan aksiyalarning eng ko‘p miqdorini belgilash.

3. Bankning yangi tahrirdagi ustavini tasdiqlash.

4. «Trastbank» xususiy aksiyadorlik banki aksiyadorlari umumiy yig‘ilishi to‘g‘risidagi nizomni yangi tahrirda tasdiqlash.

5. «Trastbank» xususiy aksiyadorlik banki kengashi to‘g‘risidagi nizomniyangi tahrirda tasdiqlash.

6. «Trastbank» xususiy aksiyadorlik banki taftish komissiyasi (taftishchisi) to‘g‘risidagi nizomni yangi tahrirda tasdiqlash.

7. Davlat qimmatli qog‘ozlar (g‘aznachilik majburiyatlari, davlat qimmatli qog‘ozlari (obligatsiyalar), Markaziy bank obligatsiyalari) bilan yirik bitimlar tuzish to‘g‘risida.

«Trastbank» XAB aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi 2020 yil 24 fevral Toshkent shahri, Navoiy kuchasi, 7 uy,  «Trastbank» XAB binosining 1 qavatida o‘tkaziladi.

Ro‘yxatga olish soat 14:00 da boshlanadi, yig‘ilish boshlanishi soat 15:00 da.

Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi o‘tkazilishi to‘g‘risida xabar yuborish uchun aksiyadorlar reestri shakllantiriladigan sana - 2020 yil 30 yanvar.

«Trastbank» XAB aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishida ishtirok etish huquqiga 2020 yilning 18 fevral holatiga shakllantirilgan «Trastbank» XAB aksiyadorlarining reestrida qayd etilgan aksiyadorlar ega bo‘ladi.

Aksiyadorlar, navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishga taqdim etilishi lozim bo‘lgan hujjatlar bilan Toshkent shahri, Navoiy ko‘chasi 7-uyda tanishishlari mumkin.

Aksiyadorlar o‘zlari bilan pasport, aksiyadorlar vakillari esa pasport va Bank aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishida qatnashish huquqini beruvchi, amaldagi qonunchilikda belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnoma bilan qatnashishlari talab etiladi.

Qo‘shimcha ma’lumotlarni quyidagi telefonlar orqali olishingiz mumkin:

(95)198-41-09,(78)140-00-88, (71) 207-62-12.

www.trusbank.uz E-mail: info@trustbank.uz

Bank Kengashi


Ro’yxatga qaytish

So’rov

Nima sababdan «Trastbank» XAB mijozligini tanladingiz?

Valyutalar kurslari

 
1 USD
1 EUR
1 GBP
1 RUB
1 CHF
1 JPY
MB kursi
10139.30
11051.84
12333.44
141.35
10443.20
94.22
Sotib olish
10110.00
10500.00
12000.00
100.00
10000.00
70.00
Sotish
10200.00
11500.00
13500.00
160.00
11000.00
110.00
 
9.74
96.72
72.62
3.81
15.41
-0.43
MB kursi - 26.05.2020 dan ma’lumotlar
Sotib olish/Sotish - 08.05.2020 15:00 dan ma’lumotlar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech