Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A
Mobil talqin
(+998 78) 140-00-88
Ishonch telefoni
(+998 71) 244-25-73
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Call center
(+998 78) 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Aktsiyadorlarga tezkor bog'lanish
(+998 95) 198-41-09
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Saytga kirish
Tadbirlar

Tadbirlar

Yangilangan sana: 3 Sentyabr 2020, 16:52
25 sentyabr 2020 y. - 25 sentyabr 2020 y.

“Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki (Toshkent shahri, Navoiy ko‘chasi, 7-uy manzilida joylashgan) aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi bo‘lib o‘tishini ma’lum qiladi.

Tashkiliy savollar:

1. Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi reglamentini tasdiqlash.

2. Hisob komissiyasi tarkibini tasdiqlash.

«Trastbank» XAB aksiyadorlarining

navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi kun tartibi

2020 yil 25 sentabr soat 15: 00da

1. Foydani taqsimlash to‘g‘risida:

- o‘tgan yillarning taqsimlanmagan foydasi;

- 2020 yil 1 yarim yilligi yakunlari bo‘yicha olingan foyda (MHXS bo‘yicha foyda va zararlar hamda boshqa umumiy daromadlar to‘g‘risidagi jamlanma hisobotga muvofiq).

2. Umumiy zahira fondini shakllantirish to‘g‘risida.

3. “Standart” deb tasniflangan kreditlar bo‘yicha ehtimoliy yo‘qotishlarni qoplash uchun zahiralarni shakllantirish to‘g‘risida.

4. “Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki Boshqaruvi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida.

5. “Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki Kuzatuv kengashi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida.

6. Bank Kuzatuv kengashi tarkibi to‘g‘risida.

7. Yirik bitim - Raiffeisen Bank International AG bilan 30 000 000 Yevro miqdorida Bosh qarz kelishuvi tuzish to‘g‘risida.

«Trastbank» XAB aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi 2020 yil
25 sentabr kuni Toshkent shahri, Navoiy ko‘chasi, 7-uy manzili bo‘yicha 
«Trastbank» XAB binosining 1 qavatida o‘tkaziladi.

Ro‘yxatga olish soat 14:00da boshlanadi, yig‘ilish boshlanishi soat 15:00 da.

Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi o‘tkazilishi to‘g‘risida xabar yuborish uchun aksiyadorlar reestri shakllantiriladigan sana - 2020 yil 2 sentabr.

«Trastbank» XAB aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishida ishtirok etish huquqiga 2020 yilning 21 sentabr holatiga shakllantirilgan «Trastbank» XAB aksiyadorlarining reestrida qayd etilgan aksiyadorlar ega bo‘ladi.

Aksiyadorlar, navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishga taqdim etilishi lozim bo‘lgan hujjatlar bilan Toshkent shahri, Navoiy ko‘chasi 7-uy manzilida tanishishlari mumkin.

Aksiyadorlar o‘zlari bilan pasport, aksiyadorlar vakillari esa pasport va Bank aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishida qatnashish huquqini beruvchi, amaldagi qonunchilikda belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnoma bilan qatnashishlari talab etiladi.

Qo‘shimcha ma’lumotlarni quyidagi telefonlar orqali olishingiz mumkin:

(95)198-41-09,(78)140-00-88, (71) 207-62-12.

www.trusbank.uz E-mail: info@trustbank.uz


Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech