Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A
Mobil talqin
1287, +998 78 140-00-88
Ishonch telefoni
+998 71 207-36-45
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Call center
1287,
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Aktsiyadorlarga tezkor bog'lanish
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
E’lonlar

«Trastbank» XAB aksiyadorlari navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi

Yangilangan sana: ...

 “Trastbank” XAB (Manzil: Toshkent shahar, Navoiy ko‘chasi, 7 uyda joylashgan) aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi bo‘lib o‘tishini ma’lum qiladi.

Tashkiliy savollar:
1. Aksiyadorlar navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi reglamentini tasdiqlash.
2. Hisob komissiyasi tarkibini tasdiqlash.

«Trastbank» XAB aksiyadorlari navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi kun tartibi
2017 yil 21 noyabr soat 15:00 da

1. Umumiy maqsadlarga mo‘ljallangan zahira fondidan, mablag‘larning bir qismini, o‘tgan yillarning taqsimlanmagan foydasiga qaytarish
2. Imtiyozli kreditlashga mo‘ljallangan zahira fondidagi mablag‘larni o‘tgan yillarning taqsimlanmagan foydasiga hamda joriy yil daromadlariga qaytarish
3. O‘tgan yillarning taqsimlanmagan foydasini taqsimlash

«Trastbank» XAB aksiyadorlarning navbatdan tashqari Umumiy yig‘ilishi 2017 yil 21 noyabr Toshkent shahri, Navoiy ko‘chasi, 7 uy, «Trastbank» XAB binosining 5 qavatida o‘tkaziladi.

Ro‘yxatga olish soat 14:00da boshlanadi, yig‘ilish boshlanish soati 15:00 da.

«Trastbank» XAB aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishida ishtirok etish huquqiga 2017 yilning 15 noyabr holatiga shakllantirilgan «Trastbank» XAB aksiyadorlarining reestrida qayd etilgan aksiyadorlar ega bo‘ladi.

Aksiyadorlar navbatdan tashqari Umumiy yig‘ilishga taqdim etilishi lozim bo‘lgan hujjatlar bilan Toshkent shahri, Navoiy ko‘chasi 7-uyda tanishishlari mumkin.
Aksiyadorlar o‘zlari bilan pasport, aksiyadorlar vakillari esa pasport va Bank aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishida qatnashish huquqini beruvchi, amaldagi qonunchilikda belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnoma bilan qatnashishlari talab etiladi.

Qo‘shimcha ma’lumotlarni quyidagi telefonlar orqali olishingiz mumkin: 198-41-09, 140-00-88, 244-76-43.
www.trusbank.uz E-mail: info@trustbank.uz 
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech