Diqqat, e’lon!
"Trastbank" xususiy aksiyadorlik banki o'z balansidagi mulkning bozor qiymatini aniqlash uchun baholovchi tashkilotlar o‘rtasida tanlov e’lon qiladi.
Tanlovda ishtirok etish uchun quyidagi hujjatlar taqdim etilishi zarur:
∙ Tashkilot nizomining nusxasi (barcha o‘zgartirish va qo‘shimchalar bilan birga);
∙ Tashkilotning davlat ro‘yxatidan o‘tganligi to‘g‘risidagi guvohnoma nusxasi;
∙ Tashkilotning litsenziyalari va guvohnomalarining nusxalari;
∙ Bajariladigan ishning aniq muddati va qiymati ko‘rsatilgan tijorat taklifi.
Tijoriy takliflar 2024-yil 15-oktabr soat 11.00 ga qadar quyidagi manzil bo‘yicha qabul qilinadi: O‘zbekiston Respublikasi, 100011, Toshkent shahri, "Navoiy" ko‘chasi, 7-uy.
Hujjatlar muhrlangan konvertlarda va tashkilotning asosiy muhri bilan tasdiqlangan holda taqdim etilishi kerak.
Ma’lumot uchun telefon: (998 71) 207-36-42.