Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A
Mobil talqin
1287, +998 78 140-00-88
Ishonch telefoni
+998 71 207-36-45
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Call center
1287,
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Aktsiyadorlarga tezkor bog'lanish
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00

“Trastbank” XAB tomonidan ajratilgan kredit evaziga “Alutex” va uning bo’linmalarida qo'shimcha ish o'rinlari yaratildi

Yangilangan sana: 13 Iyul 2018, 14:41
31 Yan 2018

Mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlarning hozirgi bosqichida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning huquqiy kafolatlarini kuchaytirish, iqtisodiyotning turli sohalarida uning jadal rivojlanishi hamda yangi ish o'rinlarini yaratish ustuvor vazifaga aylangan. "Faol tadbirkorlik, innovatsion g'oyalar va texnologiyalarni qo'llab-quvvatlash yili" Davlat dasturida ham ayni shu yo'nalishlarda olib boriladigan ishlar rejasi aniq belgilangan. Mazkur Dastur doirasida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarini moliyaviy qo'llab-quvvatlashni yanada kengaytirish maqsadida “Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar, soha subyektlariga ajratilayotgan kreditlar va bank xizmatlarini bunga misol qilishimiz mumkin.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2016 yil 26 dekabrdagi “2017-2019 yillarda tayyor mahsulot turlari, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirishning istiqbolli loyihalarini amalga oshirishni davom ettirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi qarori mahalliylashtirish ko'lamini yanada kengaytirishga xizmat qilmoqda.

Rivojlangan va jahon iqtisodiyotida yetakchi o'rin tutadigan mamlakatlar tajribasidan ma'lumki, raqobatbardoshlikka erishish va dunyo bozorlariga chiqish, birinchi navbatda iqtisodiyotni izchil isloh qilish, eng zamonaviy uskunalar bilan jihozlangan yangi korxonalarni ishga tushirish, mavjud korxonalarni texnik va texnologik yangilash, uning eksport salohiyatini oshirish bugungi kunning eng dolzarb masalalaridan biri hisoblanadi. Bu maqsadlarga albatta moliyaviy mablag'lar, bank kreditlarsiz erishib bo'lmaydi. “Alutex O'zbekiston-Buyuk Britaniya” qo'shma korxonasi 2003 yildan MDH davlatlari ichida birinchilardan bo'lib alyumin profillar va furnitura ishlab chiqarish loyihasini amalga oshirishga kirishgan.

“Alutex O'zbekiston-Buyuk Britaniya” qo'shma korxonasi direktor o’rinbosari Komil Meliev:

- Biz ko'p yillardan buyon “Trastbank”ning mijozimiz. Ushbu bankda biz kabi tadbirkorlarni xursand qiladigan holat bu, “Mijoz bank uchun emas, bank mijoz uchun” degan shiorga qat'iy amal qilinayotganidir. Faoliyatimizni kengaytirish maqsadida biz bank kreditlari hisobiga Germaniya, Turkiya va Rossiyadan uskunlar sotib olib, hozirda ularning yordamida Alutex profillari ishlab chiqarilmoqda. Buning barchasi Prezidentimiz tomonidan biz kabi, tadbirkorlarga bildirilayotgan yuksak ishonch va e'tibor samarasidir. Bugungi kunda bank bilan hamkorligimiz orqali yangi ish o'rinlarini yaratib, xodimlarimiz sonini yana 50 taga ko'paytirdik. Shu o'rinda aytish joiz Alutex va uning bo’linmalarida 400 nafar ishchi mehnat qilmoqda. Jamoaning aksariyati yoshlardan iborat.

“Alutex O'zbekiston-Buyuk Britaniya” qo'shma korxonasi xodimi Bobur Eshxo'jayev :

— O'qishni tamomlab shu korxonada mutaxassisligim bo'yicha ishlay boshladim. Biz, yoshlar malakali mutaxassislarga biriktirilgani tajribamizni oshirishda qo'l kelayapti. Zero, maqsadim kelajakda ular kabi o'z kasbining ustasi bo'lishdir.

Darhaqiqat, korxona taraqqiyot yo'lidan dadil bormoqda. Xususan, hozirda korxona tomonidan deraza romlari, eshik, fasad, mebel, rolstavni, tutqichlar va mijozlar chizmalariga asosan maxsus profillar ishlab chiqarilmoqda. Alyumin profillar ekologik toza hisoblanib, olovbardosh, quyosh nuri ostida o'z shaklini va rangini o'zgartirmaydi hamda o'zining uzoq vaqt xizmat qilishi bilan nom qozongan.

“Trastbank” XAB Kreditlash va investitsiya faoliyatini muvofiqlashtirish departamenti direktori Mirshoxrux Mirkamilov :

– “Trastbank” tomonidan 2017 yil davomida kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida 1200 ga yaqin loyihalar moliyalashtirildi. Bankimiz tomonidan o'tgan yili kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari loyihalarini moliyalashtirish uchun 450 milliard so'mdan ortiq kredit mablag'lari ajratildi. - Buning natijasida qariyb 550 dan ortiq qo'shimcha ish o'rinlari yaratildi. Shuningdek, ayollar tadbirkorligi uchun 51 milliard so'm, kollej bitiruvchilarining biznes rejalarini qo'llab-quvvatlashga 6 milliard so'm miqdorida kreditlar berildi.

«Trastbank» xususiy aksiyadorlik banki o'z faoliyatida ishbilarmonlarning yaqin tayanchiga aylanib ulgurdi. Bankning kredit mablag'laridan samarali foydalanib, tadbirkorlik faoliyatini yo'lga qo'ygan hamda bozorlarimiz to'kinligi, hududlarimiz eksport salohiyatini yuksaltirishga munosib hissa qo'shayotgan tashabbuskor tadbirkorlarimizning muvaffaqiyatlarini kuzatib, bunga yana bir bor amin bo'lishimiz mumkin.

Manba: uzreport.news/finance / Ko'rishlar: 3745
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech