Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A
Mobil talqin
1287, +998 78 140-00-88
Ishonch telefoni
+998 71 207-36-45
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Call center
1287,
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Aktsiyadorlarga tezkor bog'lanish
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00

“Trastbank” XABning Samarqand filiali yil boshidan beri xususiy tadbirkorlik sektoriga 35,3 mlrd. so'm ajratdi

Yangilangan sana: 13 Iyul 2018, 14:40
“Trastbank” XABning Samarqand filiali yil boshidan beri xususiy tadbirkorlik sektoriga 35,3 mlrd. so'm ajratdi
25 Iyun 2018

“Trastbank” XAB xodimlari nafaqat 7 foizli kredit xaqida ma'lumot berishmoqda, balki aholining hududiy joylashuvidan kelib chiqib, aynan qaysi tadbirkorlik yo'nalishi bilan shug'ullanish daromadli ekani bo'yicha ham maslahat beryapti.

Davlatimiz rahbarining 2017-yil 8-avgustdagi “Hududlarning jadal ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini ta'minlashga doir ustuvor chora-tadbirlar to'g'risida”gi Qaroriga asosan, aholining tomorqadan unumli foydalanishini qo'llab-quvvatlash maqsadida tijorat banklari tomonidan imtiyozli mikrokreditlar ajratish yo'lga qo'yildi. Ayni damda respublika banklari aholiga kredit ajratish bo'yicha faol ish olib bormoqda. Ayniqsa fuqarolarni bu jarayon bilan yaqindan tanishtirish maqsadida aholi bilan turli uchrashuvlar o'tkazmoqda.

“Trastbank” XABning Samarqand filiali xodimlari yil boshidan beri mahalla va ijtimoiy tashkilotlarda aholi bilan uchrashuvlar o'tkazish davomida imtiyozli kredit va oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish bo'yicha tegishlicha maslahatlar berib kelmoqda. Bu bilan moliya muassasasi xususiy tadbirkorlik, kichik biznes, ayollar va yoshlar tadbirkorligini rivojiga o'z hissasini qo'shmoqda. Joriy yilning o'tgan 5 oyi davomida bankning Samarqand filiali yangi ish o'rinlari yaratish va tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida 35 mlrd. 300 mln. so'mdan ortiq kredit mablag'larini ajratdi.

Yil boshida bank xodimlari Dehnav MFY aholisiga hududda issiqxonalarni qurish bo'yicha moliyaviy va huquqiy yordam ko'rsatishgandi. Hozirga kelib bu yerda qariyb 80 ta oila tomorqasidagi issiqxonalardan foydalanib daromad olmoqda. Ushbu issiqxonalarda asosan poliz ekinlari pomidor va bodring yetishtiriladi. Ayrim fuqarolar esa limon va mandarin kabi mevali daraxtlarni ham ekishga ulgurgan. E'tiborga molik jihati ushbu mahalla aholisining ko'pchiligi birinchi bor issiqxona ishi bilan shug'ullanishiga qaramasdan tez orada faoliyatini kengaytirish maqsadida.

Bank mijozi Shodmon Shamsiyev: Shu bank xodimlari yil boshida seminar o'tkazib, kredit xizmatlari xaqida, xususan, 7 fozili imtiyozli kredit bo'yicha ma'lumot bergandi. Bugunga kelib biz ham oilamiz bilan issiqxona qurib, pomidor va bodring yetishtirayapmiz.

Trastbank moliyaviy ko'magi bilan oilasi davrasida tadbirkorlikni yo'lga qo'ygan fuqarolarning ko'pchiligi farzandlariga ham mehnat orqali halol pul topishni o'rgatib, tarbiyalamoqda. Shuningdek, mahalliy aholi boshlanishiga bir tup ekindan 10 kg.gacha hosil olayotganini ham qayd etishdi.

Bank mijozi Shoxrux Mardonqulov: Men, dadam va ayolim ushbu issiqxonada mehnat qilib, daromadimizni ko'paytirayapmiz. Issiqxonani tashkil etganimizga 3 oy bo'lganiga qaramasdan, mahsulotlarni yetishtirishni ancha o'rganib oldik. Yil yakuniga qadar tadbirkorlik maydonimizni 1 gektargacha kengaytirishni rejalashtirganmiz.

Ma'lumki tadbirkorlikni rivojlantirishga davlat miqyosida katta e'tibor qaratilmoqda. Bu orqali aholi ham davlat ham boy bo'ladi. Xonadonlarda to'kin sochinchilik, farovonlik hukm suradi. Moliya muassasalari esa xalqqa astoydil xizmat qilib, ishbilarmonlarni qo'llab-quvvatlash orqali o'z faoliyatlarini kengaytirishda davom etadi. Bir so'z bilan aytganda mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish barqarorligi ta'minalanadi.

Manba: uzreport.news / Ko'rishlar: 4892
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech