Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A
Mobil talqin
1287, +998 78 140-00-88
Ishonch telefoni
+998 71 207-36-45
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Call center
1287,
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Aktsiyadorlarga tezkor bog'lanish
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Saytga kirish

“TRASTBANK”NING NAVROʻZ TUHFASI BILAN PULINGIZ ENDI YANADA KOʻPAYADI, AGAR...

Yangilangan sana: 24 Mart 2022, 18:18
“TRASTBANK”NING NAVROʻZ TUHFASI BILAN PULINGIZ ENDI YANADA KOʻPAYADI, AGAR...
24 Mar 2022

Oylik maoshingiz, pensiya yoki yigʻib qoʻygan pul mablagʻlaringizni koʻpaytirish va uni qayerda saqlash borasida bosh qotiryapsizmi? “Trastbank” XAB barcha yurtdoshlarimizga yangilanish, yasharish ayyomi – Navroʻz umumxalq bayrami arafasida “Navroʻz” omonatidan foydalanish mumkinligini eslatmoqda. Ushbu sahifada “Trastbank” XAB Chakana biznes departamenti Chakana amaliyotlar va aholi omonatlarini muvofiqlashtirish boʻlimi boshligʻi Zulfiya MALIKOVA mazkur omonatning foizi, muddati va qaytarib olish tartiblari haqida batafsil maʼlumot beradi.

MAʼLUMOT UCHUN: bugungi kunda “Trastbank” tomonidan mijozlarga jami 14 turdagi omonatlar taqdim etilmoqda.


– Navroʻz ayyomi arafasida ushbu “Navroʻz” deb ataluvchi omonat turi yurtdoshlarimiz uchun bayram sovgʻasi boʻladi, desak mubolagʻa emas. Ushbu omonat milliy valyutada, yaʼni soʻmda qoʻyiladi.

– “Navroʻz” omonatining yillik foizi qancha?
– Mazkur omonat boʻyicha yillik foiz stavkasi 19 foizni tashkil qiladi. Omonat boʻyicha hisoblangan foizlarning kapitalizatsiyasi mavjud emas.

– Muddati-chi?
– 13 oy.

– Necha soʻmdan boshlab pul qoʻysa boʻladi?
– Omonatga qoʻyiladigan mablagʻning eng kam miqdori 500 000 soʻmni tashkil etadi.

– Foizlarni qachon olish mumkin?
– Har oyda omonat boʻyicha foizlarni olish mumkin.

– Rasmiylashtirishda qanday hujjatlar talab etiladi?
– Mijozlar mazkur “Navroʻz” omonatini rasmiylashtirish uchun shaxsni tasdiqlovchi hujjat bilan Bank filiallariga murojaat qilishi mumkin.

– Qoʻyilgan pul mablagʻlarini omonat muddati tugagunga qadar qisman yechib olsa boʻladimi?
– Yoʻq, mavjud emas.

– Omonat shartnomasini muddatidan oldin bekor qilish mumkinmi, uning tartibi qanday?
– Ha, omonat shartnomasini muddatidan oldin bekor qilish mumkin. Hisoblangan foizlar bekor qilinadi va toʻlanmaydi. Omonat muddati davomida toʻlangan foizlar mavjud boʻlsa, ular omonat summasidan ushlab qolinadi.

– Onlayn rasmiylashtirish imkoni bormi?
– Ha, mumkin. Buning uchun “Onlayn Navroʻz” omonat turi taqdim etiladi.
Mazkur omonat boʻyicha yillik foiz stavkasi 20 foiz boʻlib, 13 oy muddatni tashkil qiladi.
Omonat “TrustPAY” mobil ilovasi yordamida amalga oshiriladi.

Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 454
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech