Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
“Trastbank” Namangan filiali ajratgan kredit natijasida 60 ga yaqin yangi ish o'rinlari yaratildi
1 Mar 2018

Bugungi kunda “Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki Namangan filiali tomonidan ajratilayotgan kreditlar viloyat infratuzilmasini rivojlantirish, kichik biznes subyektlarining biznes loyihalarini qo'llab-quvvatlash hisobiga yangi ish o'rinlari yaratish va raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishni rag'batlantirishga xizmat qilmoqda.

Mamlakatimizda bank-moliya tizimida qulay ishbilarmonlik muhitini yaratishga asoslangan keng ko'lamli tadbirlar bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda. Buni “Trastbank” xususiy aksiyadorlik bankining Namangan filiali tomonidan tadbirkorlik subyektlarini moliyaviy qo'llab-quvvatlash yo'nalishida olib borilayotgan ishlar, xususiy tadbirkorlarga yaratilgan qulayliklar va ajratilayotgan kreditlar misolida ham ko'rish mumkin. Namangan mamlakatimizning har tomonlama rivojlangan, eng go'zal hududlaridan biriga aylanib bormoqda. Keyingi yillarda uning iqtisodiy salohiyati yanada oshib, yalpi hududiy mahsulot ko'rsatkichlari ham o'sib bormoqda. Bu ulkan bunyodkorlik ishlariga asos bo'lmoqda.

Shu o'rinda etirof etish joiz Prezident Shavkat Mirziyoyev joylarda ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borishi, amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari, yirik loyihalar bilan tanishish, xalq bilan muloqot qilish maqsadida o'tgan yiling 7 iyul kuni Namangan viloyatiga tashrif buyugan edi. Tashrif davomida davlatimiz rahbariga “Mexmash” MChJda amalga oshirilayotgan loyihalar taqdimoti ham o'tkazilgan edi. Mazkur jamiyat tomonidan xozirda yiliga 3 ming tonna shrup, 9 ming tonna po'lat quvurlar hamda 10 gektar zamonaviy issiqxonalar ishlab chiqarilmoqda.

“Mexmash” MCHJ Bosh muhandisi Rustamjon Mahmudov:

Erishgan yutuqlarimiz “Trastbank” Namangan filialining moliyaviy ko'magi bilan chambarchas bog'liq. Chunki faoliyatimizni rivojlantirish uchun yetarli tajribaga ega bo'lsak-da, biznes loyihalarimizni sarmoyasiz amalga oshirib bo'lmasdi. Shu bois zamonaviy uskunalar xarid qilish maqsadida moliya muassasasiga murojaat etdik. Muassasa mutasaddilari qisqa muddatda loyihamizni ko'rib chiqib, moliyalashtirishga qaror qilishdi. Ajratilgan sarmoya evaziga Xitoy davlatida ishlab chiqarilgan zamonaviy uskunalar xarid qilib, ishlab chiqarish ko'lamini kengaytirdik. Buning natijasida korxonamizda qo'shimcha 60 ga yaqin yangi ish o'rinlari yaratildi. Kelgusida faoliyatimizni kengaytirib, mahsulotlarimiz turini ko'paytirish niyatidamiz. Bunda albatta “Trastbank” bilan o'zaro manfaatli hamkorligimizni davom ettiramiz.

Bu yutuqlarga korxona mavjud imkoniyat va imtiyozlar, qolaversa – katta miqdorda ajratilgan kredit evaziga erishdi. Mazkur imtiyozlardan foydalangan xolda jamiyat xorijiy davlatlarga mahsulotlar eksportini kengaytirishni ham reja qilgan. Korxonada “usta-shogird” an'anasi asosida o'n nafar ustaga biriktirilgan yigirmadan ziyod kollej bitiruvchilari kasb-hunar sirlarini o'rganmoqda. Xozirda bu yerda jami 200 dan ortiq yoshlar mehnat qilmoqda.

“Mexmash” MCHJ xodimi Abdurahmon Sotiboldiyev:

Men kollejni bitirganimga 2 yil bo'ldi. Avval shunchaki havas bilan kelgan bo'lsam, ustozimning sa'y-harakatlari bilan metalga ishlov berish kasbiga qiziqishim ortdi. Kishi o'qib izlanmasa, o'z sohasiga qiziqmasa, bu ishni olib borolmaydi. Bugungi kunda davlatimizning biz kabi yoshlarni har tomonlama qo'llab-quvvatlash borasida olib borayotgan siyosatidan minnatdorman. Kelajakda men ham ustozim kabi o'z kasbimning haqiqiy ustasi bo'lishimga ishonaman.

Bugungi kunda “Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki Namangan filiali tomonidan ajratilayotgan kreditlar viloyat infratuzilmasini rivojlantirish, kichik biznes subyektlarining biznes loyihalarini qo'llab-quvvatlash hisobiga yangi ish o'rinlari yaratish va raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishni rag'batlantirishga xizmat qilmoqda.

“Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki Namangan filiali boshqaruvchisi Azizjon Saliyev:

Bankimiz tomonidan 2017 yil yakunlariga ko'ra kichik biznes subyektlariga jami 41,6 mlrd.so'm, shu jumladan, tadbirkor ayollarni qo'llab-quvvatlashga 2,6 mlrd.so'm, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirishga 839,3 mln. so'm, xizmat ko'rsatish va servis sohasini rivojlantirishga 6,1 mlrd. so'm, kasb-hunar kollejlari bitiruvchilariga tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishlari uchun 1 174,2 mln.so'm va investitsion loyihalarni kreditlash uchun 13,4 mlrd. so'm miqdorida kreditlar ajratildi. Ajratilgan kreditlar hisobiga bugungi kunda viloyatda 26 dan ortiq yangi ish o'rinlari yaratildi.

“Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki ayni kunlarda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish, mijozlarning talab va ehtiyojlarini qondirish, tadbirkorlikni rivojlantirish yo'lida o'z faolligini ko'rsatmoqda. Bu esa uning mamlakat moliya bozoridagi mavqeini yanada mustahkamlab, belgilangan ustuvor vazifalar ijrosini ta'minlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Manba: uzreport.news / Ko'rishlar: 1445

So’rov

Nima sababdan «Trastbank» XAB mijozligini tanladingiz?

Valyutalar kurslari

 
1 USD
1 EUR
1 GBP
1 RUB
1 CHF
1 JPY
MB kursi
9455.24
10438.58
11958.04
147.25
9488.45
87.23
Sotib olish
9380.00
10000.00
11500.00
100.00
9000.00
70.00
Sotish
9480.00
10600.00
12100.00
170.00
9600.00
100.00
 
21.90
84.55
324.85
1.50
10.56
-0.99
15.10.2019 dan ma’lumotlar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech