Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A
Mobil talqin
1287, +998 78 140-00-88
Ishonch telefoni
+998 71 207-36-45
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Call center
1287,
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Aktsiyadorlarga tezkor bog'lanish
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00

“Trastbank” mikromoliyalashni rivojlantirishga o‘z hissasini qo‘shmoqda

Yangilangan sana: 13 Iyul 2018, 14:42
29 Noy 2017
“Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki “Toshkent” filialining Do‘mbirobod mini-banki tomonidan Prezidentning "Oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishni kengaytirish va ichki bozorni to‘ldirish yuzasidan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida, xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish va mikromoliyalashga katta e’tibor qaratilmoqda. 

“Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki mijozlarining 70 foizini nodavlat kompaniyalar va firmalar, ya’ni kichik biznes va xususiy tadbirkorlik vakillari tashkil etadi.

1994 yildan beri o‘z faoliyatini olib borayotgan “Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki kapitali yetarliligi, moliyaviy faoliyati miqyosiga ko‘ra barqaror ravishda o‘rtacha banklar guruhiga kiradi. Bugungi kunda bank moliya xizmatlari bozorida o‘z pozitsiyasini mustahkam tutib turibdi.

Xususan, “Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki “Toshkent” filialining Do‘mbirobod mini-banki tomonidan Prezidentning "Oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishni kengaytirish va ichki bozorni to‘ldirish yuzasidan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida, xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish va mikromoliyalashga katta e’tibor qaratilmoqda.

“Toshkent” filiali boshqaruvchisi o‘rinbosari Aziz Maxmudov:

“Bankimizning moliyaviy ko‘magi evaziga o‘z faoliyatini kengaytirayotgan «AY-SIREM GRAND TRADE» mas’uliyati cheklangan jamiyati “Toshkent” filiali Do‘mbirobod mini-bankining ko‘p yillik mijozi hisoblanadi. Ushbu tadbirkorlik sub’ektiga bankimiz tomonidan 2016 yilda 578,9 mln. so‘m va 2017 yilda 70 mln. so‘m miqdorida kredit mablag‘lari ajratilgan va korxona hozirda mahsulotlari hajmini oshirishga hamda aylanma mablag‘larini ko‘paytirishga erishgan. Ta’kidlash joizki, bank tomonidan taqdim etilgan navbatdagi kreditga mijoz tadbirkorlik faoliyatini kengaytirib, Rossiyadan quyultirilgan sut mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi yangi texnologiyalarni sotib oldi. Hozirda polietilen paketlar va quyultirilgan sut mahsulotlarini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yib, o‘z faoliyatni kengaytirish orqali tadbirkor yana yangi ish o‘rinlari yaratishga erishdi”.

«AY-SIREM GRAND TRADE» mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan ishlab chiqarilayotgan quyultirilgan sut tayyorlash uchun xom ashyo past haroratda 12 soat qaynatiladi. Keyin unga inson salomatligini mustahkamlashga xizmat qiladigan zarur moddalar qo‘shiladi va bejirim idishlarga qadoqlanadi. Muhimi, sutning tabiiy ta’mi va tarkibi umuman o‘zgarmaydi. Umuman, korxonaning quyultirilgan sut mahsulotlari yuqori sifati hamda tabiiyligi bilan barchaga birdek manzur bo‘lmoqda. Tadbirkor ushbu loyihani amalga oshirish uchun 70 million so‘mlik sarmoya yo‘naltirdi.

Korxona bosh hisobchisi Dilorom Xojimuxamedova:

“Bizning korxonamiz “Trastbank”ning “Toshkent” filiali bilan 2011 yildan beri hamkorlik qilib keladi, bank tomonidan ajratilgan kreditlar hisobidan biz Rossiya texnologiyalarini sotib olib, hozirda O‘zbekiston aholisini oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash maqsadida quyultirilgan sut ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yganmiz. Buning barchasi Prezidentimiz tomonidan biz, tadbirkorlarga qaratilayotgan yuksak e’tibor samarasidir. Bugungi kunda bank bilan hamkorligimiz orqali yangi ish o‘rinlari yaratib, xodimlarimiz sonini yana 5 taga ko‘paytirdik va jami 20 nafar kollej bitiruvchilarini ish bilan ta’minlashga erishdik. Bundan keyin ham “Trastbank” bilan hamkorlikni davom ettirib, tadbirkorlikni yanada rivojlantirishni rejalashtirayapmiz”.

Darhaqiqat, korxona taraqqiyot yo‘lidan dadil bormoqda. Xususan, hozirda korxona tomonidan polietilen paketlar ishlab chiqarish ham yo‘lga qo‘yilgan. Bu yana 10 kishi ish bilan ta’minlandi degani.

Qisqasi, yurtimizda, shu jumladan, «AY-SIREM GRAND TRADE» mas’uliyati cheklangan jamiyati kabi rivojlanish sari yuz tutayotgan korxonalar ko‘pligi quvonarlidir. Zotan, ana shunday tadbirkorlik sub’ektlari soni ortgani sari mamlakat iqtisodiyoti jadal rivojlanib, hayotimiz bundan-da farovon bo‘lib boraveradi.

Tadbirkorlik faoliyatiga keng yo‘l ochilishi - bu xalqimizning yaxshi yashashini ta’minlash demakdir. Bu kabi ezgu ishlar yurtimiz taraqqiyotida, albatta, o‘z natijasini beradi.

Muxtasar aytganda, bularning barchasi pirovardida mamlakatimiz valyuta zaxiralarini tejash bilan birga, aholi turmush farovonligini oshirishga, ishlab chiqarish hajmini yanada oshirish va mahsulot turlarini ko‘paytirishga xizmat qiladi.
Manba: uzreport.news / Ko'rishlar: 3424
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech