Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A
Mobil talqin
1287, +998 78 140-00-88
Ishonch telefoni
+998 71 207-36-45
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Call center
1287,
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Aktsiyadorlarga tezkor bog'lanish
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00

“Trastbank” aksiyasining sovrindorlari va super yutuq – “Chevrolet Cobalt” avtomobili gʻolibi aniqlandi

Yangilangan sana: 7 Aprel 2022, 15:44
“Trastbank” aksiyasining sovrindorlari va super yutuq  – “Chevrolet Cobalt” avtomobili gʻolibi aniqlandi
7 Apr 2022
 “Trastbank” MasterCard bilan hamkorlikda oʻtkazayotgan aksiyasining sovrindorlari va bosh sovrin – “Chevrolet Cobalt” avtomobili gʻolibi aniqlandi.

“Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki MasterCard bilan hamkorlikda 2021-yil noyabr oyida “Trastbank bilan birga boʻling va sovgʻaga ega boʻling” aksiyasiga start bergan edi.

 Joriy yilning 18-martiga qadar davom etgan ushbu Aksiyada jami 2 ming nafarga yaqin yurtdoshlarimiz ishtirok etdi. Bugungi kungacha 60 nafar hamyurtimiz gʻoliblikni qoʻlga kiritib, bir qator qimmatbaho sovgʻalarga ega boʻldi.

 Shartlari haqida eslatma 

 Aksiya ishtirokchisiga aylanish uchun “Trastbank”dan MasterCard xalqaro plastik kartasini ochish hamda faqat savdo va xizmat koʻrsatish terminallari, shuningdek, internet saytlari orqali kamida 10 AQSH dollari miqdorida toʻlovlarni amalga oshirish zarur edi.

Gʻoliblar inson omilisiz aniqlandi, yaʼni...

30-mart kuni ushbu Aksiyaning oxirgi, yaʼni 5-bosqichi oʻtkazildi. Unda joriy yilning 1-18-mart kunlari amalga oshirilgan tranzaksiyalar qatnashdi. Gʻoliblar mazkur tranzaksiyalar orasidan tasodifiy tarzda, yaʼni random orqali aniqlandi. Natijada 16 nafar hamyurtimiz qimmatbaho sovgʻalarni qoʻlga kiritdi.

Bosh sovrin sohibi kim?

Aksiya bosh sovrini – “Chevrolet Cobalt” avtomobili gʻolibi ham aniqlandi. Bankning Amaliyot boshqarmasi mijozi Andrian Georgievga ushbu “Chevrolet Cobalt” avtomobili nasib etdi.
“Ishonchingizdan minnatdormiz”

Aziz POʻLATOV, “Trastbank”ning plastik kartalar departamenti boʻlim boshligʻi:
–“Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki bilan “MasterCard” xalqaro tashkiloti oʻrtasida 2021-yil noyabr oyida boshlangan mazkur aksiya 5 bosqichda oʻtkazilib, har bir bosqichda nominatsiyalar boʻyicha turli xil sovgʻalar oʻz egalariga ulashildi. Aksiyamizning oxirgi – beshinchi bosqichida bosh sovrin – Oʻzbekistonda ishlab chiqarilgan “Chevrolet Cobalt” avtomobili ham oʻz egasini topdi. Tez kunda ushbu sovrinlar oʻz egalariga yetkaziladi. Bank mijozlariga va aksiya ishtirokchilariga bizga ishonch bildirishgani uchun minnatdorlik bildiramiz.

Taʼkidlash joizki, mijozlar bankka tashrif buyurib, gʻoliblarni aniqlash jarayonini bevosita kuzatib borishdi. Qolaversa, ushbu jarayon Bankning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida onlayn namoyish etildi. Bu esa Aksiya shaffof va odilona tarzda oʻtkazilganidan dalolatdir.
Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 620
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech