Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A
Mobil talqin
1287, +998 78 140-00-88
Ishonch telefoni
+998 71 207-36-45
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Call center
1287,
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Aktsiyadorlarga tezkor bog'lanish
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00

Andijonda insulin ishlab chiqarish yo'lga qo'yildi

Yangilangan sana: 3 May 2018, 17:19
Andijonda insulin ishlab chiqarish yo'lga qo'yildi
1 May 2018

Andijon tumanidagi Xortum qishlog'ida yiliga 10 million flakon insulin dori vositasi ishlab chiqarish quvvatiga ega zavod ish boshladi.

Davlatimiz rahbarining topshiriqlari hamda 2017 yil 23 fevraldagi «Tadbirkorlarning ishlab chiqarish maydonlaridan foydalanishlarini yanada rag'batlantirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi qarori ijrosi doirasida «Trastbank» xususiy aksiyadorlik bankining moliyaviy ko'magida Andijon tumanidagi «Zamin Bio Health» mas`uliyati cheklangan jamiyati tomonidan insulin dori vositasi ishlab chiqarish korxonasi barpo etilib, ishga tushirildi.

Hududi qariyb 1,5 gektar maydonni egallagan ushbu zavod Markaziy Osiyoda yagona bo'lib, asosan qand­­li diabet kasalligini davolashda qo'llaniladigan insulin dori vositasi ishlab chiqarishga ixtisoslashgan.
Qurilish-montaj ishlari «Gulf pharmaceutical industries» kompaniyasi ko'magida «Server Servis Health» xususiy qurilish-montaj korxonasi quruvchilari tomonidan bajarildi. Ilg'or texnologiyalar bilan jihozlangan ushbu zamonaviy zavodda ishchi-xizmatchilarning samarali faoliyat yuritishi uchun barcha sharoit yaratilgan. Korxona hududi va atrofida ham katta hajmdagi obodonlashtirish ishlari amalga oshirilgan. 
Ayni paytga qadar insulin dori vositasi yurtimizga chetdan keltiriladi. Zavodning ishga tushirilishi bilan ushbu dori vositasi importi hajmi kamayadi, valyuta tejaladi, dorining tannarxi pasayadi. Ya`ni, xorijdan 3-4 AQSh dollari evaziga keltirilayotgan insulin endi korxona tomonidan aholiga 2,5 dollar qiymatda yetkazib beriladi.
Umumiy loyiha qiymati qariyb 28 milliard so'm bo'lgan ushbu zavodga Germaniya, Fransiya, Shveysariya, Xitoy, Hindiston davlatlaridan zamonaviy uskuna va texnologiyalar keltirib o'rnatildi. Insulin dori vositasini sifatli, xalqaro talablar darajasida tayyorlash bo'yicha zarur barcha ishlar bajarildi. 
— Zavod yiliga 10 million flakon insulin ishlab chiqarish quvvatiga ega, — deydi «Zamin Bio Health» mas`uliyati cheklangan jamiyati rahbari Avazbek Nizomov. — Mahsulotimizning 30 foizi mamlakatimiz ichki bozori talabini qoplaydi, qolgan qismi, ya`ni yiliga 2 million AQSh dollari miqdoridagi mahsulot Qirg'iziston, Qozog'iston va boshqa davlatlarga eksport qilinadi.

Manba: ishonch.uz / Ko'rishlar: 3290
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech