Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A
Mobil talqin
1287, +998 78 140-00-88
Ishonch telefoni
+998 71 207-36-45
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Call center
1287,
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Aktsiyadorlarga tezkor bog'lanish
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00

“Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki va Xalqaro islom savdo-moliya korporatsiyasining delegatsiyasi aʼzolari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Yangilangan sana: ...
“Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki va Xalqaro islom savdo-moliya korporatsiyasining delegatsiyasi aʼzolari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi
30 Apr 2024

“Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki Boshqaruvi Raisi Sardor Normuxamedov boshchiligidagi delegatsiya aʼzolari Islom taraqqiyot bankining 50 yilligi munosabati Saudiya Arabistoni qirolligining Ar-Riyod shahrida bo‘lib o‘tayotgan sammitda faol ishtirok etmoqda.229-aprel kuni ushbu Sammit doirasida “Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki va Xalqaro islom savdo-moliya korporatsiyasi delegatsiyalari aʼzolari o‘rtasida rasmiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Unda ikki tomonlama hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari borasida muzokalar olib borildi. Xususan, O‘zbekistonda kichik va o‘rta biznes loyihalarining islom shairati tamoyillari asosida moliyalashtirilishiga doir o‘zaro aloqalarni yangi bosqichga ko‘tarishga kelishib olindi.3.Ma’lumot o‘rnida ta’kidlash joizki, “Trastbank” xususiy aksiyadorlik bankining Islom Taraqqiyot banki guruhiga kiruvchi islom korporatsiyalari bilan hamkorligi 2018-yilda yo‘lga qo‘yilgan. Bugungi kunga qadar Xalqaro islom savdo-moliya korporatsiyasi bilan jami 27 million AQSH dollari miqdoridagi kelishuvlar imzolangan. Natijada mamlakatimizda kichik va o‘rta biznes subyektlarining tovar va xom-ashyo mahsulotlari, asbob-uskunalar va maxsus texnika vositalarini sotib olishi uchun bir qator istiqbolli loyihalari moliyalashtirilgan. Bu esa hududlarda tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash hamda aholi bandligini ta’minlashga xizmat qildi.4 “Trastbank” XAB delegatsiyasining Saudiya Arabistoni qirolligidagi tashrifi hamda uchrashuv va muzokaralar olib borishlari davom etmoqda.

Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 165
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech