“Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki mijozlarining topshiriqlarini bajarganlik uchun vositachilik haqi tariflariga o‘zgartirish kiritilmoqda.
Xususan, “Trastbank” XAB “UzCard” kobeydj kartalari boshqa to‘lov tizimlari hamda Respublika hududidan tashqarida naqdlashtirilganda 2,5% haq operatsiya summasidan,
“Trastbank” XAB “HUMO” kobeydj kartalari boshqa to‘lov tizimlari hamda Respublika hududidan tashqarida naqdlashtirilganda 1,5% haq operatsiya summasidan,
“Trastbank” XAB “UzCard” kobeydj kartalari boshqa to‘lov tizimlari hamda Respublika hududidan tashqarida Tovar va xizmatlar uchun to‘lovlarni amalga oshirganda 0,5% haq tranzaksiya umumiy summasidan,
“Trastbank” XAB “HUMO” kobeydj kartalari boshqa to‘lov tizimlari hamda Respublika hududidan tashqarida Tovar va xizmatlar uchun to‘lovlarni amalga oshirganda 0,5% haq tranzaksiya umumiy summasidan undiriladi.
Mazkur o‘zgartirish 2024-yil 15-maydan e’tiboran kuchga kiradi.