Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A
Mobil talqin
1287, +998 78 140-00-88
Ishonch telefoni
+998 71 207-36-45
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Call center
1287,
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Aktsiyadorlarga tezkor bog'lanish
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00

«Trastbank» XABB aksiyadorlari umumiy yig‘ilishi kun tartibi

Yangilangan sana: 27 Mart 2017, 13:36

Toshkent shahar, Navoiy ko‘chasi, 7 uyda joylashgan XABB “Trastbank” aksiyadorlarning navbatdagi yillik yig‘ilishi bo‘lib o‘tishini ma’lum qiladi.

Tashkiliy savollar:

  1. Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi reglamentini tasdiqlash.
  2. Hisob komissiyasi tarkibini tasdiqlash.

«Trastbank» XABB aksiyadorlari umumiy yig‘ilishi kun tartibi

2015 yil 3 iyun soat 15.00 da

  1. «Trastbank» XABB 2014 yil faoliyati yakunlarini va 2015 yil rivojlanish istiqbollarini ko‘rib chiqish.
  2. Bank taftish komissiyasi (taftishchisi) 2014 yil xulosasini tasdiqlash.
  3. 2014 yilning yillik hisobotini tasdiqlash, hisobot tarkibi:

- 31 dekabr 2014 yil moliyaviy holati to‘g‘risida jamlangan hisoboti,

- 31 dekabr 2014 yil yakuni holatiga umumiy daromadlar jamlangan hisoboti,

- 31 dekabr 2014 yil yakuni holatiga pul mablag‘lari harakati to‘g‘risidagi jamlangan hisoboti,

- 31 dekabr 2014 yil yakuni holatiga kapitalda o‘zgarishlar to‘g‘risidagi jamlangan hisoboti,

- 2014 yilda affillangan shaxslar bilan tuzilgan bitimlar haqida ma’lumotlar.

  1. 2014 yilda olingan foydani taqsimlash.
  2. Bank faoliyati 2015 yil yakunlari bo‘yicha o‘tkaziladigan auditorlik tekshiruvini o‘tkazuvchi auditorlik tashkilotini tasdiqlash va auditorlik hizmat haqini maksimal miqdorini belgilash.
  3. «Trastbank» XABB Boshqaruvi Raisi bilan mehnat shartnomasini bir yil muddatga uzaytirish.
  4. Balansdan tashqari hisoblarda hisobga olingan, 2014 yilda umidsiz aktivlarni undirish bo‘yicha ko‘rilgan choralar to‘g‘risida.
  5. Balansdan tashqari hisoblardagi aktivlarni hisobdan chiqarish bo‘yicha Bank Kengashi bayonnomalarini tasdiqlash.
  6. Bank Kengashining 2014 yil yakunlari bo‘yicha korporativ me’yorlariga rioya etilayotganligi haqida hisobot.
  7. Aksiyalarning 20 qo‘shimcha chiqarish yakunilari va Bank Ustav kapitalinning yangi miqdorini tasdiqlash.
  8. E’lon qilingan aksiyalarning eng ko‘p miqdorini belgilash.
  9. Bank Kengashi a’zolari son tarkibini tasdiqlash.
  10. Bank Kengashini a’zolarini saylash.
  11. Bank Taftish komissiyasi (Taftishchisi)ni tasdiqlash.
  12. Bank nomidan «Birja» so‘zini istisno etish (Xususiy aksiyadorlik banki –«Trastbank» XAB)
  13. Bank Ustaviga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish.
  14. Bank tashkiliy tuzilmasini tasdiqlash.
  15. «Trastbank» Xususiy Aksiyadorlik Banki Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi to‘g‘risidagi Nizomga o‘zgartirishlar kiritish.
  16. «Trastbank» Xususiy Aksiyadorlik Banki Kengashi to‘g‘risidagi Nizomga o‘zgartirishlar kiritish.
  17. «Trastbank» Xususiy Aksiyadorlik Banki Taftish komissiyasi (Taftishchisi) to‘g‘risidagi Nizomga o‘zgartirishlar kiritish.

Eslatma: Bank aksiyadorlarning keyingi yig‘ilishlarini o‘tkazish to‘g‘risida xabarnoma yuborish uchun, «Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi” Qonunning 62-bandiga asosan o‘z familiyangiz, ismingiz va sharifingizni hamda o‘z elektron pochtangiz (mavjudligida) ma’lumotlarini bizning e-mail:info@trustbank.uz manzilimizga taqdim etishingizni so‘raymiz.

«Trastbank» XABB aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi 2015 yil 3 iyunda Toshkent shahri, Navoiy ko‘chasi, 7-uy, «Trastbank» XABB binosining 5 qavatida o‘tkaziladi.

Ro‘yxatga olish soat 14:00da boshlanadi, majlis boshlanishi soat 15:00 da.

«Trastbank» XABB aksiyadorlarining umumiy yig‘ilishida qatnashish huquqi «Trastbank» XABB aksiyadorlarining 2015 yilning 28 may holatiga shakllantirilgan reestriga kiritilgan aksiyadorlarga beriladi.

Aksiyadorlar Umumiy yig‘ilishga takqdim etiladigan hujjatlar bilan Toshkent shahri, Navoiy ko‘chasi 7-uyda tanishishlari mumkin.

Aksiyadorlar o‘zi bilan pasport, aksiyadorlar vakillari esa pasport va Bank aksiyadorlarining umumiy yig‘ilishida qatnashish huquqini beruvchi, amaldagi qonunchilikda belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnoma bilan qatnashishlari talab etiladi.

Qo‘shimcha ma’lumotlarni quyidagi telefonlar orqali olishingiz mumkin:

244-76-58, 244-76-43,

www.trusbank.uz E-mail: info@trustbank.uz

Bank Kengashi

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech