Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A
Mobil talqin
(+998 78) 140-00-88
Ishonch telefoni
(+998 71) 244-25-73
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Call center
(+998 78) 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Aktsiyadorlarga tezkor bog'lanish
(+998 78) 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Saytga kirish

Ipoteka krediti

Yangilangan sana: 12 Fevral 2021, 10:30

*Bugungi kunda bankning uzoq muddatli resurslari chegaralanganligi sababli ipoteka krediti ajratilishi vaqtincha to‘xtatilgan.

Ipoteka krediti- jismoniy shaxslarga yakka tartibdagi uy-joyni qurish, rekonstruksiya qilish va birlamchi bozordan uy-joy sotib olish uchun ajratiladi.

Ipoteka krediti quyidagi maqsadlar uchun beriladi:

  • O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda kelishilgan yakka tartibdagi yoki namunaviy loyiha asosida hamda qurilishning belgilangan normalari va qoidalariga rioya qilingan holda yakka tartibdagi uy-joy qurish uchun;
  • O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda kelishilgan yakka tartibdagi yoki namunaviy loyiha asosida hamda qurilishning belgilangan normalari va qoidalariga rioya qilingan holda yakka tartibdagi uy-joyni rekonstruksiya qilish uchun;
  • yakka tartibdagi uy-joy yoki ko‘p qavatli uydan kvartira sotib olish uchun.

Ipoteka krediti shartlari

t/r

Kreditning miqdori

Kredit muddati

Mijozning ulushi

Foiz stavkasi

Kredit ta’minoti turi

1

O‘zbekiston Respublikasida belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining 5000 baravarigacha (1 115 000 000 so‘m)

120 oy

30 foiz

25 foiz

Kredit hisobiga sotib olinayotgan yakka tartibdagi uy-joy yoki ko‘p qavatli uydagi xonadon

Yakka tartibdagi uy-joy qurilishiga ipoteka krediti olish uchun qarzdor/mijoz tomonidan quyidagi hujjatlar taqdim qilinadi:


a) ariza;

b) pasport;

v) ish haqi to‘g‘risida ma’lumotnoma, yakka tartibdagi tadbirkor uchun – tuman (shahar) soliq inspeksiyasi tomonidan tasdiqlangan o‘tgan yilda olingan daromadi haqida deklaratsiya;

yo) yakka tartibdagi uy-joy quriladigan yer uchastkasiga mijozning (doimiy foydalanish, umrbod egalik qilib meros qoldirish, xususiy mulk) huquqini belgilaydigan hujjatning notarial tartibda tasdiqlangan nusxasi;

j) mijoz nomiga filialda ochilgan talab qilib olinguncha saqlanadigan depozit hisobvarag‘iga mijozning o‘z mablag‘i (dastlabki badali) kiritilganligi to‘g‘risida omonat daftarchasi nusxasi;

z) mijoz tomonidan sotib olingan qurilish materiallari yoki bajarilgan qurilish-montaj ishlar qiymatining baholanishi bo‘yicha dastlabki hisob-kitoblar;

i) O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda kelishilgan va qarzdor/mijoz tomonidan tasdiqlangan yakka tartibdagi uy-joy qurilishi loyihasi nusxasi.

Yakka tartibdagi uy-joyni rekonstruksiya qilishga ipoteka krediti olish uchun mijoz tomonidan quyidagi hujjatlar taqdim qilinadi:

a) ariza;

b) pasport;

v) ish haqi to‘g‘risida ma’lumotnoma, yakka tartibdagi tadbirkor uchun – tuman (shahar) soliq inspeksiyasi tomonidan tasdiqlangan o‘tgan yilda olingan daromadi haqida deklaratsiya;

yo) mijoz tomonidan sotib olingan qurilish materiallari yoki bajarilgan qurilish-montaj ishlar qiymatining baholanishi bo‘yicha dastlabki hisob-kitoblar;

j) qonunchilikda belgilangan tartibda kelishilgan va mijoz tomonidan tasdiqlangan yakka tartibdagi uy-joyni rekonstruksiya qilish loyihasi nusxasi.

Yakka tartibdagi uy-joyni rekonstruksiya qilish loyihasi quyidagilardan iborat bo‘ladi:

a) yer usti va yer osti injenerlik kommunikatsiyalari aks ettirilgan yer uchastkasi chizmasi;

b) uy-joy poydevori, yerto‘lasi, qavatlari, kesimlari va fasadi chizmasi;

v) moliya-smeta hisob-kitobi.

Yakka tartibdagi uy-joyni yoki ko‘p qavatli uydan kvartirani birlamchi uy-joy bozoridan sotib olishga ipoteka krediti olish uchun qarzdor/mijoz tomonidan quyidagi hujjatlar taqdim qilinadi:

a) ariza;

b) pasport;

v) ish haqi to‘g‘risida ma’lumotnoma, yakka tartibdagi tadbirkor uchun – tuman (shahar) soliq inspeksiyasi tomonidan tasdiqlangan o‘tgan yilda olingan daromadi haqida deklaratsiya;

yo) yakka tartibdagi uy-joyni yoki ko‘p qavatli uydan kvartirani sotib olish uchun to‘lovni mijozning o‘z mablag‘i (dastlabki badali) hamda kredit shartnomasi asosida kredit hisobidan amalga oshirish belgilangan mijoz va quruvchi/sotuvchi o‘rtasida tuzilgan uy-joy oldi-sotdi shartnomasi;

j) mijoz nomiga filialda ochilgan talab qilib olinguncha saqlanadigan depozit hisobvarag‘iga qarzdorning/mijozning o‘z mablag‘i (dastlabki badali) kiritilganligi to‘g‘risida omonat daftarchasi nusxasi.

Batafsil ma’lumot olish uchun quyidagi telefonlarga murojaat qilishingiz mumkin:

Bank filiallari nomlari

Filiallardagi telefon raqamlar

1

Amaliyot boshqarmasi

( + 9 9 8 7 1 ) 2 0 7 - 6 2 - 8 4

2

«Toshkent» filiali

( + 9 9 8 7 1 ) 2 7 7 - 0 6 - 3 3

3

«Darxon» filiali

( + 9 9 8 7 1 ) 2 3 7 - 1 1 - 0 9
( + 9 9 8 7 1 ) 2 3 7 - 0 6 - 4 5

4

Yakkasaroy filiali

( + 9 9 8 7 1 ) 2 5 5 - 1 8 - 7 0

5

Andijon filiali

( + 9 9 8 9 5 ) 2 0 2 - 0 3 - 1 0

6

Namangan filiali

( + 9 9 8 6 9 ) 2 2 3 - 1 9 - 1 7

7

Samarqand filiali

( + 9 9 8 6 6 ) 2 3 7 - 8 0 - 0 8

8

Termiz filiali

( + 9 9 8 7 6 ) 2 2 7 - 3 4 - 8 3
( + 9 9 8 7 6 ) 2 2 7 - 3 4 - 7 2

9

Qarshi filiali

( + 9 9 8 7 5 ) 2 2 7 - 0 4 - 8 5
( + 9 9 8 7 5 ) 2 2 7 - 0 9 - 9 4

10

Farg‘ona filiali

( + 9 9 8 7 3 ) 2 4 4 - 4 0 - 1 6

11

Jizzax filiali

( + 9 9 8 7 2 ) 2 2 6 - 2 0 – 1 0

Chakana biznes departamentining telefon raqami: (+ 998 71) 207-36-44 ichki raqam (11272, 11370, 11407)

Ipoteka kalkulyatori

Talab qilinadigan kredit summasini kiriting. Maksimal summa: eng kam ish haqining 5 000 barobari
Kreditni to’lash uchun oylar miqdorini tanlang. Maksimal: 10 yil
Boshlang‘ich badal foizini tanlang


Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech