«Trastbank» XAB qo‘shimcha chiqarilayotgan aksiyalar bozor bahosini aniqlash maqsadida mustaqil baholovchi tashkilotlar o‘rtasida tanlov o‘tkazilishi haqida e’lon qiladi
Yangilangan sana: 13 Oktabr 2017, 17:47
«Trastbank» XAB qo‘shimcha chiqarilayotgan aksiyalar bozor bahosini aniqlash maqsadida mustaqil baholovchi tashkilotlar o‘rtasida tanlov o‘tkazilishi haqida e’lon qiladi
Tanlovda ishtirok etish uchun mustaqil baholovchi tashkilotlar Bankka
quyidagi hujjatlarni taqdim qilishi lozim:
• Baholash faoliyatini yuritish huquqini beruvchi litsenziya nusxasi;
• Tashkilot ustavi (barcha o‘zgartirish va qo‘shimchalar bilan);
• Tashkilotning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma nusxasi;
• Baholovchi tashkilotning kasbga oid javobgarligi sug‘urtasi polisi nusxasi;
• Baholash ishining bajarilish muddati va taxminiy narxi ko‘rsatilgan tijorat taklifi;
• Litsenziyalash organi tomonidan o‘rnatilgan tartibda baholash tashkiloti rahbari va baholovchilariga berilgan baholovchi sertifikatlarining nusxasi. Taqdim etiladigan xujjatlar nusxalari tikilgan va tashkilotning asosiy muhri bilan tasdiqlangan bo‘lishi shart.
Tijorat takliflarini 2017 yil 19 oktabr Toshkent vaqti bilan soat 17.00 gacha quyidagi manzilga yuborishingiz mumkin: O‘zbekiston Respublikasi, 100011, Toshkent shahri, Navoiy ko‘chasi ,7 uy.
Ma’lumot uchun telefonlar: (95) 198-41-09, faks: (71) 244-76-61.