Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A
Mobil talqin
1287, +998 78 140-00-88
Ishonch telefoni
+998 71 207-36-45
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Call center
1287,
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Aktsiyadorlarga tezkor bog'lanish
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00

O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankining axboroti

Yangilangan sana: 23 May 2018, 11:54
O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankining axboroti
23 May 2018

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining tomonidan yangi namunadagi 50, 100, 200, 500 so‘mlik tangalarning muomalaga chiqarilishi rejalashtirilayotganligi munosabati bilan eski namunadagi 50 so‘mlik va 100 so‘mlik tangalarini, shuningdek 50 so‘mlik, 100 so‘mlik, 200 so‘mlik, 500 so‘mlik banknotlarini muomaladan qaytarib olish ko‘zda tutilgan.

Mazkur chora-tadbirlarni amalga oshirish tartibi Adliya vazirligida ro‘yxatdan o‘tkazildi.

Eski namunadagi tangalarni va banknotlarni muomaladan qaytarib olish tabiiy yo‘l bilan, ya’ni bank kassalariga kelib tushgan ushbu tangalar va banknotlarni qayta muomalaga chiqarmaslik orqali amalga oshiriladi.

Tasdiqlangan tartibga ko‘ra, muomalada bo‘lish muddati:

- eski namunadagi 50 so‘mlik, 100 so‘mlik tangalar hamda 50 so‘mlik va 100 so‘mlik banknotlar uchun 2019 yilning 1 iyuliga qadar;

- eski namunadagi 200 so‘mlik va 500 so‘mlik banknotlar uchun 2020 yil 1 iyulga qadar belgilangan.

Belgilangan muddat davomida ushbu banknot va tangalar qonuniy to‘lov vositasi hisoblanib, ular bilan naqd puldagi to‘lovlarni amalga oshirish mumkin.

Shu sababli, aholining xavotirga tushishiga hech qanday hojat yo‘q.

Chunki, naqd puldagi hisob-kitoblarni amalga oshirishda ushbu tanga va banknotlardan cheklovlarsiz foydalanishlari mumkin.

Ushbu tangalar va banknotlar savdo, xizmat ko‘rsatish va boshqa soha sub’ektlarining kunlik tushumi sifatida bank kassalariga topshiriladi hamda qayta muomalaga chiqarilmaydi.

Aholi qo‘lidagi eski namunadagi tangalar va banknotlarni banklar orqali yangi namunadagi tangalarga almashtirib olishlari ham mumkin.

Eski namunadagi tangalar va banknotlarni banklar orqali yangi tangalarga almashtirib olish:

- 50 so‘mlik, 100 so‘mlik tangalar hamda 50 so‘mlik va 100 so‘mlik banknotlar yangi namunadagi 50, 100, 200, 500 so‘mlik tangalar muomalaga chiqarilgan kundan boshlab;

- eski namunadagi 200 so‘mlik va 500 so‘mlik banknotlarni 2019 yil 1 iyuldan boshlab bank kassalari orqali amalga oshiriladi.

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining yangi namunadagi 50, 100, 200, 500 so‘mlik tangalarning muomalaga chiqarish sanasi, ularning ko‘rinishi va tavsifi Markaziy bankning veb-sayti va ommaviy axborot vositalari orqali e’lon qilinadi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech