Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A
Mobil talqin
1287, +998 78 140-00-88
Ishonch telefoni
+998 71 207-36-45
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Call center
1287,
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Aktsiyadorlarga tezkor bog'lanish
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00

Xotira – abadiy, qadr – muqaddas!

Yangilangan sana: 7 May 2022, 15:50
Xotira – abadiy, qadr – muqaddas!
7 May 2022

Xotira va qadrlash – xalqimizning asriy qadriyatlari, ulugʻ fazilatlaridan biri sanaladi. El-yurtning tinchligi, osoyishtaligi, erki va ozodligi uchun kurashgan insonlar hamisha xalqimiz ardogʻidadir.

2..jpg

Shu o‘rinda, Ikkinchi jahon urushi faxriylarini qancha eʼzozlasak shuncha kam. Xalqimizning o‘ziga xos insonparvarlik va bag‘rikenglik fazilatlari urush yillarida yaqqol namoyon bo‘lgan. Boshpanasiz, ota-onasidan ayrilib evakuatsiya qilingan bolalar, ayollar va keksalarga ota-bobolarimiz boshpana berib, hatto bir burda nonni ham ular bilan birga baham ko‘rgan.

5.jpg

Bugun “Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki xodimlari 9-may – Xotira va qadrlash kuni arafasida bir qator urush va mehnat fronti faxriylari holidan xabar oldi.

7.jpg

Poytaxtimizning Shayxontohur tumanida istiqomat qiluvchi urush va mehnat faxriylari bugungi dorilomon kunlarning qadriga yetish zarurligini, tinchlik bebaho ne’mat ekanligini ta’kidladi. Keksa otaxon-u onaxonlar jonajon ona Vatanimizning tinchligi va chiroyiga ko‘z tegmasin deya duolar qilishdi.

3..jpg

Ta’kidlash joizki, tarixning suronli davrida yuksak insonparvarlik namunalarini ko‘rsatgan faxriylarimizning hayot yo‘li kelgusi avlod vakillari uchun haqiqiy ibrat maktabi bo‘lib qoladi.

Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 618
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech