Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A
Mobil talqin
1287, +998 78 140-00-88
Ishonch telefoni
+998 71 207-36-45
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Call center
1287,
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Aktsiyadorlarga tezkor bog'lanish
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00

«Trastbank» xususiy aksiyadorlik banki virtual yordamchi Telegram-botni ishga tushirdi

Yangilangan sana: 4 May 2018, 15:49
«Trastbank» xususiy aksiyadorlik banki virtual yordamchi  Telegram-botni ishga tushirdi
4 May 2018

Hurmatli mijozlar!

Sizga butunlay yangi mahsulotni taqdim etishimizdan mamnunmiz. Bugundan boshlab “Trastbank” XAB faoliyati haqidagi barcha ma’lumotlarni Telegramda ko‘rishingiz mumkin.

trustbank_bot_uz_pixelcraft_780_2.jpg

Trastbankning @Trust_Bank_Bot logotipi ostidagi rasmiy boti orqali barcha interaktiv xizmatlar ko‘rsatiladi, shuningdek bot o‘zbek va rus tillarida to‘liq ishlaydi.

Sayt bilan to‘liq integratsiyalashuvi va dasturiy interfeysdan foydalanilgani sababli barcha ma’lumotlar saytda to‘ldiriladi, bu esa takrorlash zaruratini bartaraf qiladi va ma’lumotlarning dolzarbligini ta’minlaydi.

Barcha zarur ma’lumotlar to‘rt qismda joylashtirilgan:

  • Korporativ mijozlarga
  • Xususiy mijozlarga
  • Info
  • Biz sizga yaqinmiz

“Korporativ mijozlarga” bo‘limida Siz kreditlash, lizing, omonatlar va bank xizmatlari tariflari bilan tanishishingiz mumkin. Shuningdek, “Kreditlash” bo‘limi orqali Bot foydalanuvchisi mobil telefoni raqamini kiritgan holda ariza yuborishi mumkin.

“Xususiy mijozlar” bo‘limining axborot qismida quyidagi bo‘limlar taqdim etiladi:

  • “Omonatlar” - omonatni tanlaganingizdan so‘ng, @Trust_Bank_Bot omonatning miqdori va muddatini hamda qaysi valyutada qo‘yilishi yuzasidan batafsil tavsiyalarni beradi.
  • “Kreditlar” – ushbu bo‘limda uch turdagi kreditlar bo‘yicha ma’lumotlar joylashtirilgan, ulardan birini tanlab, birinchi to‘lov miqdori va foizini ko‘rsatib, PDF formatida ishlab chiqarilgan xarajatlar smetasini olishingiz, uni mobil aloqa qurilmangiz xotirasida saqlashingiz yoki do‘stlaringizga yo‘naltirishingiz mumkin.
  • “Pul o‘tkazmalari” – Sizga eng yaqin joyda joylashgan barcha pul o‘tkazmalari tizimi haqidagi ma’lumotlarni taqdim etuvchi bo‘lim (Siz o‘z manzilingiz haqidagi ma’lumotni jo‘natishingiz lozim)
  • “Tariflar” – bank xizmatlari bo‘yicha belgilangan tariflar yuzasidan havolalarni o‘z ichiga oladi.

“Info” bo‘limi quyidagi toifalar bilan ifodalanadi:

  • Yangiliklar – eng so‘nggi yangiliklar sarlavhalari va ularga yo‘naltiruvchi havolalar
  • E’lonlar – Saytda eng so‘nggi joylashtirilgan e’lonlarning sarlavhalari va ularga yo‘naltiruvchi havolalar
  • Valyuta kurslari – ushbu bo‘lim bankning sotish va sotib olish stavkalarini, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining valyuta kurslari to‘g‘risidagi rasmiy ma’lumotlarni ko‘rish imkoniyatini beradi.
  • Savol-javoblar – tez-tez beriladigan savollarga javoblar
  • Maslahat – bo‘limda Telegram platformasidan foydalanish kabi turli xil maslahatlar beriladi.
  • Ma’lumotni izlash – bankning korporativ veb-saytida taqdim etilgan ma’lumotlarning kalit so‘zlari orqali kengaytirilgan qidiruv
  • Internet bankni sozlash – agar siz ushbu parametrni tanlasangiz, ulanish uchun batafsil yo‘riqnoma taqdim etiladi.
  • “Biz sizga yaqinmiz” bo‘limida Siz o‘zingiz joylashgan aniq manzilni yuborish orqali bankning eng yaqin filiallari, mini-banklari, pul o‘tkazish shaxobchalari, info-kioskalari, valyuta terminallari va bankomatlari joylashgan aniq nuqtalar haqida to‘liq ma’lumot olish imkoniyatiga ega bo‘lasiz.

“Trastbank” xususiy aksiyadorlik bankining @Trust_Bank_Bot iga ulaning va bank xizmatlari haqida to‘liq ma’lumotlarga ega bo‘ling.

Manba: Bank Axborot xizmati / Ko'rishlar: 1176
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech