Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A
Mobil talqin
1287, +998 78 140-00-88
Ishonch telefoni
+998 71 207-36-45
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Call center
1287,
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Aktsiyadorlarga tezkor bog'lanish
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00

“Trastbank” hududlar faoliyatini kengaytirmoqda

Yangilangan sana: 3 Aprel 2018, 12:58
“Trastbank” hududlar faoliyatini kengaytirmoqda
3 Apr 2018

«Trastbank» xususiy aksiyadorlik banki respublikamiz hududlarida aholining bank xizmatlariga bo‘lgan ehtiyojini qondirish maqsadida mini-banklar tarmog‘ini kengaytirmoqda.

2018 yilning 3 aprelidan “Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki Qarshi filiali qoshida “Ishonch” mini-banki o‘z ish faoliyatini boshladi. Mazkur mini-bank bugungi kuchli raqobatbardosh bozor sharoitida barcha turdagi bank xizmatlarini ko‘rsatishga ixtisoslashgan zarur jihoz va texnikalar bilan to‘liq ta’minlangan. Xususan, mini-bank jismoniy va yuridik shaxslarga barcha turdagi bank xizmatlarini ko‘rsatish bilan bir qatorda, xalqaro pul jo‘natmalari tizimlari («Western Union», «Contact», «MoneyGram», «Unistrim» va «Zolotaya Korona»)dan foydalanish, hisob-kassa xizmatlari, yuridik shaxslar depozitlari, «Internet-banking», «SMS-informator», «Mobile-banking» hamda boshqa shu kabi bank mahsulotlari va xizmat turlaridan foydalanish imkoniyati yaratilgan.

Mini-bank manzili: Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahri, I.Karimov ko‘chasi, 228-uy. Telefon: (0375) 221-40-00

«Trastbank» xususiy aksiyadorlik banki o‘zining 24 yillik faoliyati davomida mamlakatimiz bank xizmatlari bozorida keng doiradagi xizmatlarni taqdim etib kelmoqda. Bugungi kunda bank tarkibida 10 ta filial va 49 ta mini-bank faoliyat yuritayotgan bo‘lib, ular poytaxtimizdan tashqari, Namangan, Surxondaryo, Andijon, Samarqand, Qashqadaryo va Farg‘ona viloyatlarida joylashgan.

Manba: Bank Axborot xizmati / Ko'rishlar: 2192
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech