Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A
Mobil talqin
1287, +998 78 140-00-88
Ishonch telefoni
+998 71 207-36-45
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Call center
1287,
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Aktsiyadorlarga tezkor bog'lanish
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00

Trastbank emlanish tarafdori!

Yangilangan sana: 26 Iyul 2021, 23:59
 Trastbank emlanish tarafdori!
25 Iyul 2021

Covid-19 virusi hududimizga kirib kelgandan buyon Trastbank rahbariyati talab etilgan va zarur deb hisoblangan barcha ehtiyot choralarini ko‘rib kelmoqda. Xususan, barcha xodimlar niqob taqqan holda xizmat ko‘rsatadi va muntazam ravishda zararsizlantirish amaliyotlarini amalga oshiradi. Qolaversa, Trastbankka tashrif buyurgan barcha mijozlardan niqob taqish hamda masofa saqlash kabi qoidalarga amal qilishlari qat’iy nazoratga olingan.

Ayni damda virusga qarshi emlanish – ehtiyot choralarining eng muhimi. Koronavirusga qarshi emlanish jarayoni qulay bo‘lishi uchun Trastbank bosh ofisining tibbiyot xonasida ham sharoitlar yaratildi. Bosqichma-bosqich emlash uchun maxsus reja tuzildi va tasdiqlandi. Qisqa fursat ichida Trastbank jamoasida barcha xodimlar emlanishi ko‘zda tutilgan.

Trastbank rahbarlari xodimlarga o‘rnak bo‘lib, ZF-UZ-VAC2001 – Butunjahon Sog‘liqni Saqlash Tashkiloti ro‘yxatidan o‘tgan va ma’qullangan o‘zbek-xitoy vaksinasining birinchi dozasini qabul qildi.

IMG_1689

Suratda: “Trastbank” XAB Boshqaruv Raisi o‘rinbosari – Kurganov Ziyovuddin Muhiddinovich

Eslatib o‘tamiz, 1-, 2-iyul kunlari Namangan filiali boshqaruvchisi – Mirzaahmedov Sherzod boshchiligida ham Davlatobod tumani 5-Oilaviy poliklinika tibbiyot xodimlari bilan hamkorlikda 62 nafar xodim COVID-19 ga qarshi emlangan edi.

Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 794
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech