Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A
Mobil talqin
1287, +998 78 140-00-88
Ishonch telefoni
+998 71 207-36-45
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Call center
1287,
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Aktsiyadorlarga tezkor bog'lanish
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00

“Trastbank”da Toshkent moliya instituti talabalari uchun sayyor dars o‘tkazildi

Yangilangan sana: 21 Noyabr 2022, 17:48
“Trastbank”da Toshkent moliya instituti talabalari uchun sayyor dars o‘tkazildi
21 Noy 2022

   2022-yil 21-noyabr kuni “Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki Bosh ofisida Toshkent moliya instituti “Xalqaro moliya va kredit” mutaxassisligi bo‘yicha tahsil olayotgan 4-kurs talabalari uchun “O‘zbekiston Respublikasi bank tizimida islom moliyaviy xizmatlaridan foydalanish holati” mavzusida sayyor dars o‘tkazildi.

   Unda “Trastbank” XAB Moliyaviy xizmatlar markazi direktori o‘rinbosari, Iqtisodiyot fanlari nomzodi (PhD) S.Igamberdiyev tomonidan “Trastbank” XAB faoliyatida erishilayotgan yutuqlar va istiqboldagi rejalar haqida taqdimot o‘tkazildi.

2.jpg

   Xususan, bank-moliya tizimidagi islom moliyasining joriy holati, islom moliya tuzilmasining asosiy funksiyalari, moliyaviy instrumentlari to‘g‘risida ma’lumotlar tadqim etildi hamda talabalarni qiziqtirgan savollarga atroflicha javob berildi.

3.jpg

   Qayd etish joizki, bu kabi sayyor darslar “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 27-iyuldagi “Oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash orqali banklarning faoliyati va ularning mamlakat iqtisodiyotidagi muhim o‘rni haqida talaba yoshlarning bilim va ko‘nikmalarini boyitib borish imkonini beradi.

Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 373
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech