Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
O‘zbekiston Respublikasining oltin-valyuta zaxiralari to‘g‘risidagi ma’lumot
21 Nov 2018

«O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida»gi Qonunga muvofiq, Markaziy bankning asosiy vazifalaridan biri sifatida respublika oltin-valyuta zaxiralarini saqlash va boshqarish belgilangan.

Oltin-valyuta zaxiralarini hisoblash metodikasi Xalqaro valyuta jamg‘armasining standartlari asosida yuritiladi. Oltin-valyuta zaxiralarining tarkibi xorijiy valyuta aktivlari va quyma shaklidagi monetar oltindan iborat.

Oltin-valyuta zaxiralarini samarali boshqarish maqsadida Markaziy bank tomonidan zaxiralarning yalpi va sof qiymatlari hisobi yuritiladi.

Sof oltin-valyuta zaxiralari tijorat banklari va davlat boshqaruvi organlarining (Moliya vazirligi, Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi bundan mustasno) Markaziy bankda ochilgan hisobvaraqlaridagi valyuta mablag‘larini, ya’ni Markaziy bankning ushbu tashkilotlar oldidagi majburiyatlarini hisobga olmaydi.

O‘zbekiston Respublikasining oltin-valyuta zaxiralari

mln.AQSh dollarida

Ko‘rsatkichlar01.01.201801.04.201801.07.201801.10.201801.11.2018
I. Yalpi oltin-valyuta zaxiralari28 076,928 494,027 660,526 407,326 494,1
1. Xorijiy valyutadagi aktivlar14 042,814 517,213 818,312 454,411 846,1
2. Monetar oltin14 034,113 976,813 842,213 953,014 648,0
II. Sof oltin-valyuta zaxiralari26 567,527 086,726 648,925 494,525 716,4

Izoh:

1) Joriy yilning yanvar-oktabr oylarida oltin-valyuta zaxiralarining kamayishi qisman oltin narxining 1296,50 dan 1217,70 doll/tr.unsiyaga pasayishi hisobiga yuzaga keldi. (narxning oltin-valyuta zaxiralarining kamayishga ta’siri - 853,0 mln.doll.)

2) Joriy yilning oktabr oyida oltin-valyuta zaxiralarining ko‘payishi qisman oltin narxining 1183,50 dan 1217,70 doll/tr.unsiyaga o‘sishi hisobiga yuzaga keldi. (narxning oltin-valyuta zaxiralarining ko‘payishiga ta’siri - 403,2 mln.doll.)

Boshqa yangiliklar:

So’rov

Nima sababdan «Trastbank» XAB mijozligini tanladingiz?

Valyutalar kurslari

 
1 USD
1 EUR
1 GBP
1 RUB
1 CHF
1 JPY
MB kursi
9384.00
10393.72
11378.10
140.14
9561.85
88.01
Sotib olish
9350.00
9950.00
10900.00
90.00
9050.00
60.00
Sotish
9440.00
10500.00
11500.00
150.00
9650.00
90.00
 
323.00
301.58
451.44
1.67
251.33
2.44
21.08.2019 dan ma’lumotlar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech