Samarqandda “Bog‘ishamol” BXM faoliyati yo‘lga qo‘yildi
Samarqandlik mijozlar uchun yana bir yangilik!
Bugun “Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki Samarqand filiali tasarrufidagi “Bog‘ishamol” bank xizmatlari markazi o‘z faoliyatini boshladi.
Ushbu BXM Samarqand shahri “Said Rizo Hoshimov” ko‘chasi 43-uyda joylashgan bo‘lib, jismoniy va yuridik shaxslarga turli bank xizmatlari ko‘rsatiladi.
Xususan, mijozlar xalqaro pul o‘tkazmalari, komunnal to‘lovlarni to‘lash, kreditlarni rasmiylashtirish, shuningdek, 24/7 rejimida ishlaydigan bankomatlardan foydalanishlari mumkin.