Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A
Mobil talqin
1287, +998 78 140-00-88
Ishonch telefoni
+998 71 207-36-45
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Call center
1287,
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Aktsiyadorlarga tezkor bog'lanish
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00

Jizzax shahrida birinchi xususiy bank

Yangilangan sana: 7 Iyun 2018, 13:12
Jizzax shahrida birinchi xususiy bank
6 Iyun 2018

Joriy yilning 6 iyun kuni Jizzax viloyatida birinchi xususiy bank hisoblangan, zamonaviy hamda milliy arxitektura uyg‘unligi talablariga to‘liq javob beradigan “Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki Jizzax filialining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Bu kabi yangilanishlarga, Prezidentimizning 2016 yil 18 noyabrdagi Jizzax viloyatiga amalga oshirgan saylovoldi tashriflarida viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan rivojlantirish borasida bergan topshiriqlari hamda Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 19 yanvardagi “Jizzax viloyati hududlarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi turmush darajasini yanada yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlari dasturi to‘g‘risida”gi 19-sonli qarori bosh omil bo‘ldi.

DSCN3862.JPG

Mazkur topshiriq va qaror asosida boshlangan qurilish va bunyodkorlik ishlari o‘z nihoyasiga etib, Jizzax viloyatida birinchi xususiy bank hisoblangan “Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki Jizzax filialining foydalanishga topshirilishida jizzaxliklarga xos qat’iy shijoat va mehnatkashlik juda qo‘l kelganligini alohida ta’kidlab o‘tish joiz.

Tantanali ochilish marosimida Jizzax shahar hokimi Akbar Shukurov, “Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki Boshqaruvi Raisi Sardor Normuxamedov, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining Jizzax viloyati Bosh boshqarmasi mutasaddilari, “Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki Boshqaruvi a’zolari, tegishli departament direktorlari va mustaqil boshqarma boshliqlari, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, bino qurilishida bevosita ishtirok etgan pudratchi tashkilot – “Inco-construction” mas’uliyati cheklangan jamiyati quruvchilari jamoasi, tadbirkorlik sub’ektlari va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

DSCN3871.JPG


Ta’kidlash joizki, bank faoliyat ko‘lamini, eng avvalo, yurtimiz aholisini barcha turdagi bank xizmatlari bilan qo‘llab-quvvatlashga qaratdi. Natijada, bank o‘zining barcha turdagi xizmatlari bilan respublikamiz hududlariga kirib bormoqda. Mana bugun Jizzax shahrining Sharof Rashidov ko‘chasida qad rostlagan yangi bank binosi ham mijozlarga tezkor va qulay bo‘lgan bank xizmatlarini ko‘rsatish maqsadida faoliyat boshlab, zarur zamonaviy texnikalar bilan jihozlangan.

- Yangilanayotgan Jizzaxning hech bir zamonaviy shaharlardan qolishmaydigan, obod va fayzli maskanga aylanib borayotganligi, jumladan bank filialining ochilishi biz kabi yoshlarga yangi ish o‘rinlari yaratish bilan birga, o‘z mutaxassisligim bo‘yicha faoliyat yuritishimga imkoniyat beradi, - deydi bankning etakchi mutaxassisi Ulug‘bek Xolmanov. –Yangi zamonaviy binoda faoliyatimizni boshlashimiz uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Yorug‘ va shinam xonalar kompyuter jamlanmalari va zarur mebel jihozlari bilan ta’minlangan.

DSCN3896.JPG

- Viloyatda birinchi xususiy bank hisoblangan barcha qulayliklarga ega zamonaviy binoda mutaxasisligim bo‘yicha faoliyatimni boshlashimdan, jizzax aholisi va tadbirkorlarga sifatli bank xizmatlari ko‘rsatilishida bevosita hissa qo‘shish imkoniyatiga ega bo‘lganimdan mamnunman, bugungi kunda biz kabi yoshlarga yaratilayotgan imkoniyat va sharoitlar uchun Davlatimiz rahbariga va bank rahbariyatiga minnatdorchiligimni bildiraman.

Gulduros qarsaklar ostida tantanali ochilish marosimining ramziy tasmalari kesilib, bank filialiningochilganligi rasman e’lon qilindi hamda filiali boshqaruvchisiga binoning ramziy kaliti topshirildi.

Tadbir ishtirokchilari zamonaviy hamda milliy arxitektura uyg‘unligi talablariga to‘liq javob beradigan, o‘z me’moriy dizayni bilan Jizzax shahri ko‘rkiga ko‘rk qo‘shib turgan filial binosi ostonasidan ichkariga qadam qo‘yib, bank mijozlari va xodimlari uchun yaratilgan shart-sharoitlar, qulayliklar bilan yaqindan tanishdilar.

DSCN3932.JPG

Tadbir so‘ngida, bino qurilishida faollik ko‘rsatgan - “Inco-construction” mas’uliyati cheklangan korxona jamoasiga minnatdorchilik bildirilib, bank rahbariyati tomonidan qimmatbaho sovg‘alar topshirildi.

Manba: Bank Axborot xizmati / Ko'rishlar: 3617
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech