Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A
Mobil talqin
1287, +998 78 140-00-88
Ishonch telefoni
+998 71 207-36-45
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Call center
1287,
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Aktsiyadorlarga tezkor bog'lanish
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00

Besh karra chempionlik muborak!

Yangilangan sana: 16 Iyul 2019, 09:51
Besh karra chempionlik muborak!
15 Iyul 2019

Joriy yilning 13 iyul kuni Uchtepa tumaniga qarashli Jurjoniy mahallasi sport klubida 2019 yilgi “XIV Banklararo Spartakiada-2019” o‘yinlarining erkaklar bo‘yicha voleybol musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

IMG_9094.jpg

Musobaqa O‘zbekiston banklari Assotsiatsiyasi hamda tijorat banklari bilan hamkorlikda, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilangan 5 ta tashabbusni hayotga tadbiq etish, yoshlarning ma’naviyatini yuksaltirish, sport va jismoniy tarbiyani ommalashtirish, bank xodimlari o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish maqsadida tashkil etildi.

Bellashuvda mamlakatimizda faoliyat olib borayotgan tijorat banklaridan jami 5 jamoa – “Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki, “Sanoatqurilishbank”, “O‘zmilliybank”, “Oriyent Finans Bank” va “Ipotekabank” xodimlaridan tashkil topgan faol jamoalari o‘zaro g‘oliblik uchun ishtirok etdilar.

Ta’kidlash joizki, XIV Banklararo Spartakiada musobaqalari dasturidan joy olgan voleybol turniri juda qiziqarli va shiddatli bellashuvlarga boytarzda o‘tdi. Qatnashchilar halol sport tamoyillariga amal qilgan holda yuqori texnikani namoyish etishib, muxlislarning olqishlari hamda yuksak bahosiga sazovor bo‘lishdi.

IMG_8710.jpg

Tijorat banklari sportchi jamoalari o‘rtasida o‘tkazilgan o‘ta murosasiz bellashuvda “Trastbank” xususiy aksiyadorlik bankining erkak voleybolchilari jamoasi barcha raqib jamoalarni yengib, qatorasiga besh kara chempionlikni qo‘lga kiritishga sazovor bo‘ldi.

IMG_9739.jpg

Umum jamoa hisobida, III-o‘ring‘olibi “Sanoatqurilishbank” jamoasi, II-o‘rin g‘olibi “Oriyent finans bank» jamoasi va jamoalar o‘rtasida beshinchi marotaba g‘oliblikni qo‘ldan boy bermay kelayotgan “Trastbank” jamoasi I-o‘rinni egallab, erkaklar o‘rtasida sportning voleybol turi bo‘yicha o‘tkazilgan “Spartakiada” o‘yinlarining mutloq g‘olibi deya e’lon qilindi.

IMG_8721.jpg

-Biz Spartakiada musobaqalariga uzoq vaqt tayyorgarlik ko‘rdik. Mana, mehnatlarimiz samarasi o‘laroq, beshinchi marotaba yana birinchilikni qo‘lga kiritdik, - deydi jamoa sardori Xurshid Umarov. Birinchi o‘rin o‘z-o‘zidan kelmaydi. Buning zamirida ulkan mehnat va murabbiyimizning kata hajmdagi ishlari yotibdi. Fursatdan foydalanib, sport sohasida ham o‘z o‘rnimizga ega bo‘lishga sharoit yaratgan bank rahbariyatiga va murabbiyimizga o‘z minnatdorchiligimni bildiraman.

IMG_9281.jpg

Sportda eng asosiysi, qat’iy tartibga rioya qilish lozim. Shunda natijalar keladi. Bankimiz jamoasi bilan bugungi qo‘lga kiritgan g‘alabadan juda mamnunmiz va faxrdamiz. Bu nafaqat voleybol jamoamizning, balki butun Trastbank xodimlarining yutug‘idir, – deya so‘zini yakunladi Xurshid Umarov.

IMG_9549.jpg

Uchrashuv so‘ngida g‘olib va sovrindor jamoalarga musobaqa tashkilotchilari tomonidan ta’sis etilgan diplom va esdalik kubogi topshirildi. Qo‘lga kiritilgan umum g‘alabamiz bilan faxrlanamiz!

IMG_9885.jpg

G‘oliblik muborak “Trastbank”! 

IMG_9955.jpg

photo_2019-07-15_14-22-33.jpg

Manba: Bank Axborot xizmati / Ko'rishlar: 838
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech