Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A
Mobil talqin
1287, +998 78 140-00-88
Ishonch telefoni
+998 71 207-36-45
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Call center
1287,
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Aktsiyadorlarga tezkor bog'lanish
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00

Eksportni rivojlantirish yo‘lidagi manfaatli hamkorlik

Yangilangan sana: 12 Sentabr 2019, 12:14
Eksportni rivojlantirish yo‘lidagi manfaatli hamkorlik
11 Sen 2019

Joriy yilning 11 sentabr kuni O‘zbekiston va Rossiya rasmiy hamda ishbilarmon doira vakillari o‘rtasida o‘zaro manfaatli iqtisodiy aloqalarni mustahkamlash, tovarlar va xizmatlar eksporti hajmini tubdan oshirish, eksportbop mahsulotlar nomenklaturasini kengaytirish, tashqi savdo muvozanatini ta’minlash va valyuta tushumini ko‘paytirish maqsadida“Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki, O‘zbekiston Respublikasi Tovar xomashyo birjasi va Transkapitalbank (Rossiya) hamkorligidagi Matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Matbuot anjumanida “Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki vaO‘zbekiston Respublikasi Tovar xomashyo birjasi rahbariyati, “Transkapitalbank” (Rossiya), Sankt-Peterburg xalqaro tovar xomashyo birjasi, Rossiya eksport markazi rahbariyati, O‘zbekiston Respublikasining vazirlik va idoralari vakillari, O‘zbekiston va Rossiya tadbirkorlari hamda treyderlari ishtirok etdi.

IMG_1923.jpg

O‘zbekiston Respublikasi Tovar xomashyo birjasi va “Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki bilan hamkorlikda tashkil etilgan mazkur anjuman O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 20 dekabrdagi “Eksportga ko‘maklashish va uni rag‘batlantirishni kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida, “Eksport yo‘nalishida tuzilgan birja bitimlari bo‘yicha hisob-kitoblari “O‘zRTXB” AJ, “Trastbank” XAB va “Transkapitalbank” AJ hamkorligida tuzilgan loyihani amalga oshirilishi” mavzusiga bag‘ishlandi.

Tadbir davomida 2019 yilning 30 mayida Urganch shahrida bo‘lib o‘tgan Rossiya va O‘zbekiston hukumatlari rahbarlari darajasidagi qo‘shma komissiyaning birinchi yig‘ilishi qarori bilan belgilangan vazifalarni amalga oshirish doirasida ikki mamlakat o‘rtasida mahsulot eksportini ko‘paytirish, birja savdosi mexanizmlaridan foydalanishni hisobga olgan holda yangi mahsulot bozorini rivojlantirish, milliy valyutada hisob-kitoblarni amalga oshirishni yo‘lga qo‘yish maqsadida “Trastbank”(O‘zbekiston), “Transkapitalbank (Rossiya) va Respublika Tovar xomashyo birjasi o‘rtasida hamkorlik aloqalari to‘g‘risida imzolangan Memorandumga ko‘ra, Rossiya Federatsiyasi bilan O‘zbekiston Respublikasi o‘rtasida savdo-sotiqni amalga oshiruvchi xorijiy mijozlar uchun banklarning o‘zaro vakillik hisobvaraqlari orqali hisob-kitob operatsiyalarini amalga oshirish mexanizmi joriy etilgani qayd etildi.

IMG_1952.jpg

Xususan, “Trastbank” va “Transkapitalbank” o‘zaro hamkorlikda alohida infratuzilma yaratganligi hamda Respublika Tovar xomashyo birjasi uchun “Transkapitalbank”da AQSh dollari, Yevro va Rossiya rublida qo‘shimcha vakillik hisobvaraqlari ochilganligiga alohida to‘xtalib o‘tildi.

Shuningdek, valyuta sohasini tartibga solishning bozor mexanizmlarini joriy qilish, respublikada eksport salohiyatini oshirishni rag‘batlantirish, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni faol jalb qilish, mahalliy ishlab chiqaruvchilarning tashqi va ichki bozordagi raqobatbardoshligini oshirish, mamlakatimizda investitsiya va ishbilarmonlik muhitini mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.

Anjuman davomida Respublika Tovar xom ashyo birjasi va “Trastbank” xususiy aksiyadorlik bankining o‘zaro munosabatlari, mijozlar bilan o‘rnatiladigan aloqalar va ularning o‘ziga xos ehtiyojlarini hisobga olgan holda bank va mijoz o‘rtasida o‘rnatiladigan o‘zaro manfaatli hamkorlik natijalari yuzasidan taqdimot o‘tkazildi.

Mazkur anjuman birja va bank vakillari hamda Rossiya Federatsiyasi va O‘zbekiston Respublikasi o‘rtasida yaqin hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yishi, qolaversa eksport hajmini salmoqli o‘sishini ta’minlashda tadbirkorlikni muvaffaqiyatli rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, mijozlarning birja savdolaridagi ishtirokida garov depozitlarini kreditlashi borasidagi muhim shartlarini amalga oshirishda yaqin muloqot o‘rnatish uchun keng imkoniyat yaratdi.

P.S: Tadbirkorlarning eksport faoliyatini optimallashtirish va qo‘llab-quvvatlash maqsadida, bugungi tadbirda taqdim etilgan kafolat to‘lovlarining yangi mexanizmi va O‘zbekiston Tovar xomashyo birjasida tuzilgan eksport shartnomalari bo‘yicha hisob-kitoblar mutlaqo bepul va to‘lovlarni o‘tkazish bilan bog‘liq xarajatlarni o‘z ichiga olmaydi.


Manba: Bank Axborot xizmati / Ko'rishlar: 816
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech