Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A
Mobil talqin
1287, +998 78 140-00-88
Ishonch telefoni
+998 71 207-36-45
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Call center
1287,
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Aktsiyadorlarga tezkor bog'lanish
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00

Shikastlangan hamda muomalaga yaroqsiz holga kelgan va muomaladan chiqarilgan chet el valyutasini inkassoga qabul qilishdagi tariflarga o‘zgartirishlar kiritildi

Yangilangan sana: 7 Avgust 2018, 12:26
Shikastlangan hamda muomalaga yaroqsiz holga kelgan va muomaladan chiqarilgan chet el valyutasini inkassoga qabul qilishdagi tariflarga o‘zgartirishlar kiritildi
7 Avg 2018

Hurmatli mijozlar!

Sizga, 2018 yil 27 iyuldan boshlab, valyuta ayirboshlash shoxobchalari orqali shikastlangan hamda muomalaga yaroqsiz holga kelgan va muomaladan chiqarilgan chet el valyutasini qabul qilishdagi vositachilik haqi bo‘yicha tariflarga o‘zgartirishlar kiritilganligini ma’lum qilamiz.

Chet el valyutasining nominalidan kelib chiqib, shikastlangan chet el valyutasini shikastlanmagan shu turdagi chet el valyutasiga almashtirishdagi vositachilik haqi 5 foiz miqdorida belgilandi.

Muomalaga yaroqsiz holga kelgan va muomaladan chiqarilgan chet el valyutasini inkassoga qabul qilishdagi vositachilik haqi 3 foiz miqdorida belgilandi.

Bunda, vositachilik xaqi miqdori O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining o‘sha kundagi kursi bo‘yicha milliy valyutada hisoblanadi.

Manba: Bank Axborot xizmati / Ko'rishlar: 942
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech