Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A
Mobil talqin
1287, +998 78 140-00-88
Ishonch telefoni
+998 71 207-36-45
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Call center
1287,
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Aktsiyadorlarga tezkor bog'lanish
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00

Mini banklar soni ortmoqda

Yangilangan sana: ...
Mini banklar soni ortmoqda
26 Iyul 2018

26 iyul kuni Namangan va Surxondaryo viloyatlarida yangi “Sherobod” va “Yangiqo‘rg‘on” mini-banklari mijozlar uchun o‘z eshiklarini ochdi.

Mazkur voqea, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 23 martdagi “Bank xizmatlari ommabopligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash va “Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki tomonidan tasdiqlangan “Chakana biznesni rivojlantirish” dasturining davomi hisoblanadi.

Bugungi kunda bankning joylarda 11 ta filiali va 54 ta mini-banki aholiga barcha turdagi bank xizmatlarini ko‘rsatmoqda.

Xususan, bankning barcha filiallari va mini-banklari yagona axborot tarmog‘iga birlashtirilgan bo‘lib, ular mijozlarga xizmat ko‘rsatishning yagona standartini ta’minlaydi. Har bir mijozga zaruriy hujjatlarni tayyorlashda maksimal e’tibor va professional maslahat bergan holda yordam ko‘rsatishni bankning har bir xodimi o‘z burchi deb hisoblaydi.

Jumladan, 2018 yilning 26 iyulidan o‘z faoliyatini boshlagan Termez filiali qoshidagi “Sherobod” va Namangan filiali qoshidagi “Yangiqo‘rg‘on” mini-banklari ham yuridik shaxslarga barcha turdagi bank xizmatlarini ko‘rsatishga ixtisoslashtirilgan.

Mini-banklar joylashgan manzil va telefon raqamlari:

“Sherobod” mini-banki: Surxondaryo viloyati, Sherobod tumani, Mustaqillik ko‘chasi, 114-uy. Tel: 0 (376) 322-20-97

“Yangiqo‘rg‘on” mini-banki: Namangan viloyati, Yangiqo‘rg‘on shahri, A.Temur ko‘chasi, 1-uy. Tel: 0 (369) 632-35-55.

Manba: Bank Axborot xizmati / Ko'rishlar: 1539
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech