Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A
Mobil talqin
1287, +998 78 140-00-88
Ishonch telefoni
+998 71 207-36-45
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Call center
1287,
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Aktsiyadorlarga tezkor bog'lanish
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00

Trastbankdan xorijiy valyutada yangi omonat

Yangilangan sana: 20 Iyul 2018, 19:50
Trastbankdan xorijiy valyutada yangi omonat
19 Iyul 2018

Bugungi kunda “Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki – O‘zbekistondagi eng ishonchli xususiy banklardan biri hisoblanadi. Shu sababli omonatchilarning ko‘p qismi o‘z jamg‘arma omonatlarini “Trastbank”da saqlashni ma’qul ko‘radi.

Xususan, omonatchilarning ko‘pchiligi o‘z mablag‘larini nafaqat so‘mda, balki xorijiy valyutada ham saqlashni afzal ko‘rishmoqda.

«Trastbank» xususiy aksiyadorlik banki tomonidan jismoniy shaxslar uchun xorijiy valyutada jozibador bo‘lgan «Elita» muddatli omonati joriy etildi.

«Elita» omonatiga yillik 6 % (olti) foiz daromad to‘lash sharti bilan qabul qilinadi.

Omonat 13 oydan 25 oygacha muddatga qabul qilinadi. Omonatning boshlang‘ich badali 500 (besh yuz) AQSh dollarini tashkil etadi. Omonat naqd pul shaklida qabul qilinib, foiz to‘lovlari omonatchining xohishiga ko‘ra har oyda yoki muddati tugagandan so‘ng kapitalizatsiyasiz to‘lanadi. Omonatchi omonatni muddatdan avval so‘ndirganda, uning omonatiga hisoblangan har uch oylik foizlar to‘laligicha to‘lab beriladi.

Manba: Bank Axborot xizmati / Ko'rishlar: 2384
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech