Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
“Trastbank”: eksport salohiyatini rivojlantirishda tadbirkorlar ko‘makchisi
15 Aug 2019

Joriy yilning 14 avgust kuni “Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki Boshqaruvi Raisining birinchi o‘rinbosari Furqat Samarxodjayev tomonidan Samarqand shahrida tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, ular oldida turgan ayrim muammolarni o‘rganish va bartaraf etish masalalariga bag‘ishlangan sayyor uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Davlatimiz rahbarining 2018 yil 20 dekabrdagi “Eksportga ko‘maklashish va uni rag‘batlantirishni kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bu yo‘nalishdagi ishlarni yanada takomillashtirishda muhim dasturilamal bo‘lmoqda.

IMG_0608.jpg

Xususan, bank rahbariyati, turli soha va yo‘nalishlarda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik sub’ektlari vakillari, yangi biznes loyiha va rejalar ustida izlanayotgan tashabbuskor yosh tadbirkorlar ishtirok etgan uchrashuvda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev rahnamoligida tadbirkorlik sub’ektlarining huquq va manfaatlarini himoyalash, hududlarning eksport salohiyatini oshirish, xorijiy investitsiyalarni jalb qilish va ishlab chiqarishni mahalliylashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratilayotgani ta’kidlandi.

IMG_0639.jpg

Uchrashuv davomida “Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlar, mijozlarga yaratilayotgan qulayliklar va kelgusida tadbiq qilinishi rejalashtirilayotgan innovatsion loyihalar haqida ham batafsil ma’lumotlar taqdim etildi.

IMG_0649.jpg

Ochiq muloqot tarzida tashkil etilgan uchrashuv davomida tadbirkorlar tomonidan ko‘tarilgan muammoli masalalar yuzasidan bank rahbariyati tegishli javoblarni berdi. Shuningdek, tadbirkorlar tomonidan ko‘tarilgan 20 dan ziyod muammoli masalalar joyida hal qilinib, berilgan takliflar yuzasidan aniq chora-tadbirlar belgilab olindi.

IMG_0702.jpg

Bu boradagi ishlar barcha hududlarda davom ettirilmoqda.

IMG_0690.jpg

IMG_0723.jpg

Manba: Bank Axborot xizmati / Ko'rishlar: 8

Boshqa yangiliklar:

So’rov

Nima sababdan «Trastbank» XAB mijozligini tanladingiz?

Valyutalar kurslari

 
1 USD
1 EUR
1 GBP
1 RUB
1 CHF
1 JPY
MB kursi
9384.00
10393.72
11378.10
140.14
9561.85
88.01
Sotib olish
9350.00
9950.00
10900.00
90.00
9050.00
60.00
Sotish
9440.00
10500.00
11500.00
150.00
9650.00
90.00
 
323.00
301.58
451.44
1.67
251.33
2.44
21.08.2019 dan ma’lumotlar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech