Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A
Mobil talqin
1287, +998 78 140-00-88
Ishonch telefoni
+998 71 207-36-45
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Call center
1287,
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Aktsiyadorlarga tezkor bog'lanish
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00

Yangi yil tabrigi!

Yangilangan sana: 30 Dekabr 2018, 13:39
Yangi yil tabrigi!
30 Dek 2018

Hurmatli aksiyadorlar va mijozlar, aziz do‘stlar!

“Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki Boshqaruvi nomidan va o‘z nomimdan Sizlarni kirib kelayotgan Yangi yil bilan chin qalbdan muborakbod etaman. Yangi yil arafasida yurakdan yo‘llangan ushbu go‘zal va samimiy tabriklarimizni qabul qilasizlar!

Har bir yangi yil erishilgan yutuqlarga zavq bilan qarash mumkin bo‘lgan muhim bosqichdir. Umid qilamanki, bu yil Sizlar uchun muvaffaqiyatli bo‘lib, kelgusi yilda ushbu o‘tayotgan yil davomida ro‘yobga oshmagan barcha orzu-umidlaringiz amalga oshadi. O‘tgan yillar davomida biz bilan doimo birga hamkorlik qilganingiz uchun Sizga minnatdorchilik bildiraman. Sizlarning ishonchingiz tufayli bugun “Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki tez rivojlanayotgan, o‘sib unayotgan va eng yuqori natijalarga erishayotgan banklar qatori nom taratdi.

Fursatdan foydalanib, Sizga va yaqinlaringizga sihat-salomatlik, ko‘ngil xotirjamligi hamda baxt va omad tilayman! O‘z oldingizga qo‘ygan maqsad va orzu-niyatlaringiz ijobatini tilagan holda doimo yaxshi kayfiyat hamrohingiz bo‘lishiga tilakdoshmiz!

Kelayotgan yangi 2019 yil barchangizga yoqimli va baxtli onlarni hadya etsin! 

“Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki 
Boshqaruvi Raisi
Sardor Normuxamedov

Manba: Bank Axborot xizmati / Ko'rishlar: 3800
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech