Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A
Mobil talqin
1287, +998 78 140-00-88
Ishonch telefoni
+998 71 207-36-45
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Call center
1287,
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Aktsiyadorlarga tezkor bog'lanish
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00

Yangi valyuta ayirboshlash shaxobchasi ochildi

Yangilangan sana: 30 Iyul 2018, 18:51
Yangi valyuta ayirboshlash shaxobchasi ochildi
30 Iyul 2018

Davlatimiz rahbarining 2018 yil 23 martdagi “Bank xizmatlari ommabopligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash va bank iste’molchilarining huquqlarini himoya qilish mexanizmlarini yanada takomillashtirish maqsadida, “Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki o‘z infratuzilmalari tarmog‘i va xizmatlari ko‘lamini bevosita kengaytirmoqda.

Xususan, 2018 yilning 27 iyulidan boshlab aholiga qulaylik yaratish maqsadida, “Darxon” filiali huzuridagi “Bektemir” mini-banki qoshida yangi valyuta ayirboshlash shaxobchasi o‘z faoliyatini boshladi. Valyuta ayirboshlash shaxobchasi soat 9.00 dan 18.00 gacha tushliksiz ishlaydi.

Bugungi kunda bankning valyuta ayirboshlash shaxobchalari soni 22 tani tashkil etmoqda.

Bankning valyuta ayirboshlash shaxobchasi manzili:

“Bektemir” mini-banki: Toshkent shahri, Bektemir tumani, X.Boyqaro ko‘chasi, 35-uy.

Telefon: (371) 295-04-70

Manba: Bank Axborot xizmati / Ko'rishlar: 1163
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech